«Ekologiya xabarnomasi» jurnaliga obuna davom etmoqda. Obuna nashrimiz: 910
Bosh sahifa Yangiliklar Jurnal Nashriyot Ko'rsatgichlar [ uz | eng | ru ]
Ko'rik tanlovlar Foto-galereya Bolalar sahifasi Qonunchilik hujjatlari Sayt xaritasi
2007 yil
Dekabr
Noyabr
Oktyabr
Sentyabr
Avgust

 

 
31 may
 
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining
Hay'at yig'ilishida
 
 

 

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining navbatdagi Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Hay'at yig'ilishi oldidan “Ekologiya xabarnomasi” jurnalining beshinchi soni taqdimoti bo'lib o'tdi. Mazkur son ushbu yig'ilish munosabati bilan chiqarilga bo'lib, dolzarb mavzu - ekologik ta'lim va O'zbekiston Respublikasida barqaror taraqqiyot uchun ta'lim mavzusiga bag'ishlangan.

Majlis ishtirokchilari maxsus tayorlangan ko'rgazmada ekologik ta'lim bo'yicha zamonaviy nashrlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ko'rgazma eskpozitsiyasi zamonaviy uslubiy tahlillar, kitoblar, rang-barang va yorqin plakatlar, bukletlar, elektron o'quv dasturlaridan iborat edi. Xususan “Chinor” Ekologik nashriyot kompaniyasining ekologik ta'lim sohasidagi ishlari taqdim etildi.

Hay'at yig'ilishida uch masala ko'rib chiqildi.

Birinchi bo'lib “O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish, ekologik kadrlarni tayorlash va qayta tayorlash, shuningdek malaka oshirish tizimini takomillashtirish” Dasturi va Konsepsiyasini amalga oshirish jarayoni haqida masala ko'rib chiqildi.

Sayyoramizning har bir fuqarosi va istiqomat qiluvchisi Yerda hayotni saqlab qolishdagi o'z rolini anglab yetishi lozim. Ayniqsa , kelejakda ekologik ongni shakllantirish maqsadidagi boshlang ' ich ekologik bilimlar va bolalar va yoshlar uchun barqaror taraqqiyot konsepsiyasi haqida ma ' lumot ahamiyatga egadir .

“O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish, ekologik kadrlarni tayorlash va qayta tayorlash, shuningdek malaka oshirish tizimini takomillashtirish” Dasturi va Konsepsiyasi doirasida o'tkazilgan tadbirlar va faoliyat haqida ma'lumot bilan R.Mamatqulov, A.A.Azizov va S.E.Mamadaliyevlar ma'ruza qildilar.

Ikkinchi masala bo'yicha, qilingan ishlar haqida axborot bilan Qashqadaryo Tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi raisi P.R.Suvanov va Farg'ona Tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi raisi muovini M.Ya.Boboxo'jayev chiqdilar.

Uchinchi masala bo'yicha Tabiatdan foydalanish iqtisodi va tashkil etish boshqarmasi boshlig'i muovini ma'ruza qildi.

Xususiy korrespondent
 

 

 
28 may
 
JURNALNING BESHINCHI SONI NASHRDAN CHIQDI
 
 

 

“Ekologiya xabarnomasi” jurnalining 2007 yildagi to'rtinchi soni nashrdan chiqdi. Mazkur son har doimgidek yangiliklar va tahliliy materiallar bilan boyitilgan. Sayyoramizning har bir fuqarosi va istiqomat qiluvchisi Yerda hayotni saqlab qolishdagi o'z rolini anglab yetishi lozim. Ayniqsa, kelejakda ekologik ongni shakllantirish maqsadidagi boshlang'ich ekologik bilimlar va bolalar va yoshlar uchun barqaror taraqqiyot konsepsiyasi haqida ma'lumot ahamiyatga egadir.

“O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish, ekologik kadrlarni tayorlash va qayta tayorlash, shuningdek malaka oshirish tizimini takomillashtirish” Dasturi va Konsepsiyasi doirasida o'tkazilgan tadbirlar va faoliyat haqida ma'lumot bilan tegishli davlat muassasalari va o'quv yurtlari vakillari jurnal sahifalarida chiqdilar.

 

Jurnal bilan quyidagi manzil bo'yicha tanishishingiz mumkin >>>

 

 

 
22 may
 
Ecologik film namoyishi
 
 

 

Mamlakatimiz hududida biologik turlarni saqlash bo'yicha mas'uliyatli vazifa haqida O'zbekistonning yosh fuqarolariga eslatish maqsadida “Yangi avlod forumi” Bolalar Ijodi Markazi “Raboti Malik” Sayohatchilar Uyushmasining maslahat-texnik yordamida 22 may kuni bio-xilmaxillikni saqlash hamda atrof-muhitni himoya qilish mavzusida ekologik film namoyishini o'tkazdi. Tadbirda O'zbekistonning yoshlar klublari sardorlari ishtirok etdilar.

Film namoyishi oldidan Timur Kaysarov (“Ermurus” klubi, O'zR yoshlar ecotarmog'i muvoviqlashtiruvchisi) taqdimot o'tkazdi. Taqdimotda mavjud bio-xilmaxillikka iqlimning o'zgarishi bilan bog'liq barcha zamonaviy muammolar va tahdidlar ochib berildi. Taqdimotdan so'ng bolalar savollarga javob berdilar, global iqlim o'zgarishini oldini olish uchun barcha insonlar nima qilishliklari lozimligi haqida o'z fikr-mulohazalirini bildirdilar. Shundan so'ng, muhokama davomida Yer yuzida bio-xilmaxillikni saqlash ishida har bir yosh fuqaroning shaxsiy hissasi uchun maqsad va vazifalar belgilandi. Alohida qiziqarli g'oya va takliflar sovg'a va yorliqlar bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 
16 may
 
Muvofiqlashtiruv kengashining majlisi
 
 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining anjuman zalida Ekologik ta'lim va Barqaror taraqqiyot uchun ta'lim bo'yicha muvofiqlashtiruv kengashining 6-sonli majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'limi vazirligi, YUNESKO, «BIOEKOSAN» Respublika o'quv-uslubiy markazi, jamoat tashkilotlari («Ekomaktab» NNT, «ADEK» Bolalar ekologik klublari uyushmasi) vakillari hamda barqaror taraqqiyot uchun ekologik ta'lim masalalari bilan shug'ullanuvchi olimlar ishtirok etdilar.

Muhokama qilingan masalalar orasida «O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va orta-maxsus ta'limi vazirliklarining qo'shma Kollegiyasiga tayyorgarlik haqida» muhim o'rin egalladi. Ishtirokchilar tomonidan qabul qilingan Qo'shma qarorga asosan o'z muassasalari tomonidan Ekologik ta'lim va Barqaror taraqqiyot uchun ta'lim bo'yicha qilingan ishlar haqida malumot berdilar. Shundan so'ng, Kollegiya davomida muhokama qilinadigan hujjatlarni tayyorlash bo'yicha takliflar tinglandi. .

 

 

 
15 - 17 may
 
«O’ZBEKISTON NEFT VA GAZI»
 
 

 

Toshkent shahrida “O'zbekiston Neft va Gazi” 11-Xalqaro ko'rgazma va anjumani (OGU 2007) bo'lib o'tmoqda. Mazkur nufuzli tadbir tashkilotchilari sifatida ITE UZBEKISTAN I. T. E. Exhibitions & Conferences LTD (Buyuk Britaniya) ko'rgazma kompaniyasi, ITE Moscow , GIMA (Germaniya), ITECA (Qozog'iston).

Ko'rgazma:

“O'zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi,

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,

Toshkent shahar hokimiyati,

O'zbekiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi

tomonidan rasmiy qo'llab quvvatlanmoqda.

Ko'rgazma quyidagi mavzuviy bo'limlarda taqdim etilgan:

Geologiya, geofizika, seysmik uskunalar va xizmatlar;

Neft va gazni qazib chiqarish (texnologiya va uskunalar);

Dengizdan qazib chiqarish;

Neft va gaz qazib chiqarish qurilmalari: qurish va ishlatish;

Neft, neft mahsulotlari va gazni tashish va saqlash;

Neft va gaz sanoati ob'yektlarini qurish;

Quvurlar va quvur o'tkazgichlari;

Injiniring;

Nazorat-o'lchov uskunalari;

Ekologik havfsizlik;

Aloqa, telekommunikatsiya va boshqalar.

Joriy yilda ko'rgazmada dunyoning 18 mamlakatidan 142dan ortiq korxonalari ishtirok etdilar. Ular orasida: Avstriya, Germaniya, Xitoy, AQSH, Malayziya, Indoneziya, ozarbayjon, Rossiya, Ukraina. Qozog'iston va O'zbekiston.

Ko'rgazma doirasida “Intercontinental-Tashkent” mehmonxonasida “O'zbekiston neft va gaz sanoati: taraqiyot sharoitlari va hamkorlik istiqbollari” mavzuida Xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda. Mazkur anjumanda jami 400ga yaqin vakillar ishtirok etish istagini bildirgan.

 

 

 
14-15 may
 
O’quv seminari
 
 

 

O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining 2007 yil uchun rejasiga muvofiq Toshkent Suv va Geologiya llmiy-tadqiqot institutida yer-suv resurslari, umumtarqalgan foydali qazilma boyliklarni muhofaza qilish hamda chiqindilarni boshqarish bo'yicha inspektorlar tarkibi uchun o'quv seminari bo'lib o'tdi. Ta'lim ikki mavzuda olib borildi:

1. «Boshoqli don ekinlari poyasi somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qo'llash bo'yicha nizomni amalga tadbiq etish haqida» (Mazkur nizom bilan «Ekologiya xabarnomasi» jurnalining 2007 yildagi 1-sonida tanishish mumkin);

2. «Muhofaza qilinuvchi Tabiiy Hududlar mavqei berilgan suv muhofazasi zonalari va daryolarning qirg'oqboyi chiziqlari, yer osti chuchuk suvi manbalarining xolati va keng tarqalgan foydali qazilmalardan unumli foydalanish haqida. Chiqindilar bilan ishlash unumdorligini oshirish yo'llari».

O'quv jarayonida Respublikaning barcha viloyatlaridan inspektorlar ishtirok etdilar. Seminar O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi Yer-suv inspeksiyalari Bosh boshqarmasining yetakchi mutaxassislari M.Mamanazarov va N.Shokirov tomonidan olib borildi. Tinglovchilarga risola korinishidagi o'quv qollanmalari tarqatildi.

 

 

 
13 may
 
ILN/CARNet tarmog’i ko’rik tanlovi g’oliblari
 
 

 

 

Mintaqaviy baholash kengashi (MBK) CARNet tarmog'ining davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar, mahalliy jamoalar va fuqarolar guruhi tomonidan amalga oshirilgan barqaror taraqqiyot sohasidagi samarali faoliyatning eng yaxshi namunalarini to'plash va ommalashtirishga qaratilgan «Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror taraqqiyot sohasidagi eng yaxshi amaliyotchilar» mavzuidagi Ko'rik tanlov g'oliblarini aniqladi. Umum hisobda 30ta taqdim etilgan ishlar muvaffaqiyatli deb tan olindi va «Eng yaxshi amaliyot» nomini oldi.

Quyidagi nominatsiyalar bo'yicha O'zbekiston ishtirokchilari g'olib deb topildilar:

  1. o'rin: «Ekologik toza texnologiyani o'zlashtirish va qishloq uchun maishiy va qishloq xo'jaligi chiqindilari asosida qurish materiallarni ishlab chiqarish bo'yicha mini-sex tashkil etish» - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining «Ekoenergiya» llmiy-amaliy markazi.
  2. o'rin: «Qoraqalpog'iston aholisi uchun toza energiya» - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining «Eko-energiya» llmiy-amaliy markazi.
  3. o'rin: «Suv devo'rini qurish orqali tog' hududlarining mahaliy jamoalari barqaror taraqqiyotini ta'minlash va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha davlat dasturini amalga oshirishda jamoatchilikning ishtirokini kuchaytirish» - «Armon» Ekologik huquq bo'yicha Xotin-qizlar markazi.

Maxsus mamlakat nominasiyasi «QAYTA TIKLANUVCHl ENERGIYA MANBALARI»:

  •  «O'zbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi «Jayron» EkoMarkazida fotoelektrik stansiyalar va quyosh suv isitgichlaridan foydalanish» - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining «Ekoenergiya» llmiy-amaliy markazi;
  • Maxsus mamlakat nominasiyasi «Mahalliy jamoalarni jalb etish» -Toshkent viloyati, Parkent tumani. Nevich va Navdak poselkalarining fuqarolarguruhi;
  • «Shahar yashash punktidagi mahalla hududida maishiy qattiq chiqindilarni selektiv yigish bo'yicha maxsus maydoncha qurish» - «Armon» Ekologik huquq bo'yicha Xotin-qizlar markazi.
 

 

 
11 may
 
O’quv seminari
 
 

 

 

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi huzuridagi "Boshekosertifikat" va uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me'yorlashtirish bo'limlari boshliqlari uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 7 aprel, 1670-son bilan royxatdan o'tkazilgan "O'zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jihozlangan "M2", "M3" va "N2" toifadagi yangi avtotransport vositalarini "Yevro-2" ekologik darajadan kam bo'lmagan talablarga muvofiqligi bo'yicha ekologik sertifikatlashtirish tartibi to'g'risida vaqtinchalik yo'riqnomani tasdiqlash haqida" O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Qarori" mavzusida malakalarini oshirish bo'yicha 2007 yil 11 may kuni o'quv seminari o'tkazildi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me'yorlashtirish bo'limlari boshliqlari, "O'zstandart" agentligi va Davlat bojxona qo'mitasi xodimlari qatnashdilar.

O'quv seminar qatnashchilariga ushbu vaqtinchalik yo'riqnoma talablarini qonunchilikda belgilangan tartibda to'liq bajarilishini ta'minlash maqsadida uning matni metodik qo'llanma sifatida tarqatildi. Bundan tashqari respublika Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasida ushbu borada mavjud me'yoriy hujjatlar bilan ham ta'minlandilar.
 

 

 
3 may
 
Nashr taqdimoti
 
 

 

Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutida “Suv – O'zbekiston kelejagi uchun hayotiy muhim manba” nashrining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda TIMIning o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Taqdimot davomida ishtirokchilar mintaqadagi global mavzular va suv muammolari, iqtisodiyotning barqaror taraqqiyoti va o'sib kelayotgan aholi ehtiyojini qondirish uchun suvning bugungi kundagi ishlatilishi va kelajakdagi ehtiyojlari masalalari bilan tanishdilar. Taqdimotda alohida e'tibor suv va energiya manbalaridan birgalikda foydalanish mexanizmlariga, mintaqaviy hamkorlik muammolariga hamda suv manbalari bilan integrashtirilgan boshqarish tamoyillarini tadbiq etish zaruriyatiga qaratildi.

Taqdimot so'ngida muhokama o'tkazilib, unda ishtirokchilar va tashkilotchilar fikr almashdilar va o'z taklif va mulohazalirini bildirdilar.

Mazkur nashr Xalqaro Suv Kuniga bag'ishlab chiqarildi.
 
Ñ÷åò÷èê ïîñåùåíèé Counter.CO.KZ
Rambler's Top100

 

  Design by "Chinor ENK" , Copyright © 2006
Îñîáàÿ áëàãîäàðíîñòü ñïîíñîðàì âåá-ñàéòà: Ïðîåêòó Ïðàâèòåëüñòâà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí «Ïîääåðæêà îñóùåñòâëåíèÿ Ïëàíà äåéñòâèé ïî ðåàëèçàöèè ñòðàíîâîé ïðîãðàììû â îáëàñòè îêðóæàþùåé ñðåäû è ýíåðãèè», ðåàëèçóåìîé ïðè ïîääåðæêå ÏÐÎÎÍ .