
 |
 |
 |
 |
 |
| |
11 iyun |
|
Bolalar ekologik ekspeditsiyasi
nihoyasiga yetdi |
|
 |
 |
 |
 |
 |
| |
|
|
“Jayron izidan” bolalar ekologik ekspeditsiyasi nihoyasiga yetdi.
Bolalar ekspeditsiyasi Toshkent shahridan Buxoro viloyatiga qarab yo'l oldi va Respublika nodir hayvonlarni ko'paytirish “Jayron” Ekomarkaziga bo'lib o'tdi.
5-9 iyun davomida ekspeditsiyaning barcha ishtirokchilari uchun Ekomarkaz bilan tanishish va uning rivoji uchun o'z ulushini qo'shish, cho'l hududining betakror tabiiy go'zalligi, qurg'ochilik zonasining hayvonot va nabotot bilan tanishish, Qizil Kitobga kiritilgan nodir hayvonlarni ko'rish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, Buxoro shahridagi tarixiy madaniy yodgorliklar bilan ham tanishdilar.
Har bir otryadda o'z belgilangan ishi, maqsadi va vazifalari bo'lib, bolalar zerikishiga vaqt yo'q edi. Har bir ish dala va kameral turlarga bo'lindi. Ekspeditsiyaning yosh qatnashchilari nafaqat yorqin taassurotlar, balki keyingi tahlil va o'rganish uchun foydali ma'lumot ham oldilar. Ekspeditsiya nihoyasidan so'ng ishtirokchilar to'plangan ko'pgina ma'lumotlarni to'pladilar, ular asosida maqolalar tayorlaydilar, matbuot-anjumanlari o'tkazadilar, o'z klublarida davra suhbatlarini o'tkazadilar.
Tadbirning asosiy maqsadi bolalar va yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatiga jalb etish, ona tabiatni asrab-avaylash va unga mehribon bo'lishni o'rgatish bo'lib, tashkilotchilar fikricha mazkur vazifa to'liqligicha amalga oshirildi.
“Jayron izidan” bolalar ekologik ekspeditsiyasi natijalari bo'yicha matbuot-anjumani tashkil etilib veb-sayti o'quvchilari bu haqda birinchi bo'lib ma'lumotga ega bo'ladilar.
Xususiy korrespondent . |
|
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
| |
6 iyun |
|
“Ekologiya xabarnomasi” ekspeditsiyasi |
|
 |
 |
 |
 |
 |
| |
|
|
5 iyun kuni yosh ekologlar va tabiat qo'riqchilari “Jayron izidan” ekspeditsiyasiga yo'l oldilar.
Ekspeditsiya ishtirokchilari “Yangi Avlod Forumi” Bolalar Ijodi Markazi, “Ekomaktab” va “Raboti Malik” jamoatchilik tashkilotlari, “KLASS” bolalar gazetasi tarbiyalanuvchilari va yoshlaridan iboratdir.
Tadbir Ijtimoiy himoya yiliga bag'ishlangan tadbirlar doirasida amalga oshirilayotgan bo'lib, Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuniga bag'ishlangandir.
Bolalar ekspeditsiyasi Toshkent shahridan Buxoro viloyatining “Jayron” Ekomarkaziga qarab boradi.
Ekspeditsiya quyidagilar homiyligida amalga oshirilmoqda:
• O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi;
• BMTTD
• “Ekologiya xabarnomasi” jurnali
• O'zLiDeP va uning Buxoro viloyati bo'linmasi.
Qatnashchilar oldiga qo'yilgan vazifalarni quyidagi otryadlar amalga oshiradi:
• «Ekojurnalistlar»;
• Ornitologlar;
• Yosh ekologlar.
Tadbirning asosiy maqsadi bolalar va yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatiga jalb etish, ona tabiatni asrab-avaylash va unga mehribon bo'lishni o'rgatish.
|
|
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
 |
| |
1 iyun |
|
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni |
|
 |
 |
 |
 |
 |
| |
|
|
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni da O ' zbekiston milliy bankining tasviriy san ' at galereyasida “ Mening momiq mushukcham ” nomi ostidagi bolalar ijodi ko ' rgazmasi ochildi. Ko'rgazmada turli janrlardagi bolalar badiiy ishlari taqdim etildi – sevimli uy hayvonlari bo ' lmish mushuklar , kichik mushukchalarga bag ' ishlangan rasmlar , batik , xaykaltaroshlik , yumshoq o ' yinchoqlar havola etildi . Har bir ish mushuklarni turli tabiat va o ' ziga xoslik bilan ko ' rsatmoqda , chunki har bir yosh rassom ularni o ' zi qanday ko ' rsa shunday aks ettiradi . Bu yerda quvnoq va beg ' am mushukchalar , ma ' yus va g ' amgin ona mushuklar , g ' aroyib va ajoyib mushuklar – xullas haqiqiy mushuklar saltanatini ko ' rish mumkin .
Batikda tasvir etilgan mushuklar hammadan ham yodda qoldilar. Mazkur ishlar 7 yashar Ismoilova Madina, 7 yashar Noila Qurbonqulova, 11 yashar Diana Raimjonova, 7 yashar Jenya Pak va Anya Chernishova tomonidan yaratilgan. Ushbu murakkab san'atda ularning mahoratiga qoyilqolish mumkin.
Ko'rgazmada Toshkent shahrining turli studiyalaridan bolalar ishlari taqdim etildi – “Sankvit” Nogiron bolalar ilmiy-izlanish badiiy markazi, 24-sonli Bolalar uyi, Milliy bank Galereyasi qoshidagi bolalar ijodiyoti Studiyasi, “Kolibri” Art-byurosi, Damir Ro'ziboyev Badiiy bolalar studiyasi, “Opa-singillar” nogiron ayollar jamiyatining Qibray tumanidan bolalar, “Da Vinchi” Art-studiyasi, O'rol Tansiqboyev uy muzeyining “Nigora-art” Bolalar studiyasi, Natalya Damansevich kulolchilik studiyasi, Armaniston, Belorusiya va Ukraina Madaniyat markazlari qoshidagi badiiy studiyalar.
Xususiy korrespondent
|
|
 |
 |
 |
 |
 |
|
|