«Ekologiya xabarnomasi» jurnaliga obuna davom etmoqda. Obuna nashrimiz: 910
Bosh sahifa Yangiliklar Jurnal Nashriyot Ko'rsatgichlar [ uz | eng | ru ]
Ko'rik tanlovlar Foto-galereya Bolalar sahifasi Qonunchilik hujjatlari Sayt xaritasi
2007 yil
Dekabr
Noyabr
Oktyabr
Sentyabr
Avgust

 

 
28 fevral
 
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Hay'at yig'ilishida
 
 

 

Toshkentda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining 2006 yil yakunlariga bag'ishlangan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Hay'at yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Apparati, Iqtisodiyot, Moliya, Sog'liqni saqlash vazirliklari hamda respublikaning boshqa bir qator vazirlik va idoralari, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Yig'ilish boshlanishidan oldin ishtirokchilar atrof-muhit muhofazasiga doir, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar, plakatlar o'quv vositalari aks ettirilgan ko'rgazma bilan tanishdilar. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi muvaffaqiyatli faoliyatining muhim tashkil etuvchilaridan biri bu - jamoatchilik va mutaxassislarning ekologik axborotlarga erkin qo'yilishining, shuningdek ekologik bilim va ma'rifatning mamlakat aholisi o'rtasida keng targ'iboti ta'minlanishidir. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining matbaa mahsuloti nashrlariga katta e'tibor qaratishi ayniqsa Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi homiyligida chop etilgan matbaa mahsulotlari ekspozitsiyasida yetarli darajada keng aks ettirilgan. Masalan, o'tgan 2006 yilda "O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslardan foydalanishning holati to'g'risidagi Milliy ma'ruza (2002-2004 yillar)", O'zbekiston Respublikasi Qizil Kitobining 2 ta jildi, O'zbekiston Respublikasi ommaviy ekologik ensiklopediyasi, "O'zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari" turkumidagi " Qo'riqxonalar va milliy bog'lar " fotoalbomi, "Jayron Ekomarkazi" bukleti, "G'arbiy Tyan-Shan lolalari" broshyurasi, "Kelajak energiyasi", "Simob - bu xavfli", "Yer -xalqni boquvchisi", "Daraxtlarni asrang", "Somonni, xazonni va bitumni yoqmang!", "Chiqindilarni foydaga yo'naltiraylik", "2007 yil taqvimi" plakatlari chop etildi, "Ekologiya xabarnomasi" jurnalining 12 ta soni, shuningdek me'yoriy va rahbariy hujjatlar nashrdan chiqdi. Ekspozitsiyada jami 50 dan ortiq matbaa mahsulotlari o'rin olgan. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tizimining boshqarma va ixtisoslashtirilgan bo'linmalar rahbarlari o'z ma'ruzalarida qo'shimcha ma'lumotlarni taqdim etdilar.

Yig'ilish davomida davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qo'mita mutaxassislaridan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Sohada samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh ishchi-xodimlarga qo'mitaning faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari topshirildi. O'zaro fikr-mulohazalar almashinuvidan so'ng qo'mitaning 2006 yildagi faoliyati hamda 2007 yildagi ustuvor vazifalarni bajarish bo'yicha tegishli qaror qabul qilindi.

 

 

 

 
27 fevral
 
Jurnalning ikkinchi soni nashrdan chiqdi
 
 

 

 

“Ekologiya xabarnomasi” jurnalining 2007 yildagi ikkinchi soni nashrdan chiqdi. Mazkur nashr muhim sana: 14 fevral-Daryo, suv va hayotni saqlash bo‘yicha harakatlar kuniga bag‘ishlangan. Shuningdek, ushbu sonda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni saqlash davlat qo‘mitasi raisi B.B.Alixonovning 2006 yildagi faoliyat yakunlari to‘g‘risidagi hisoboti taqdim etilgan.

Jurnal bilan quyidagi manzil bo'yicha tanishishingiz mumkin
>>>

 

 

 
19 fevral
 
BMTTD O'zbekistonda TRM loyihasini yo'lga qoydi
 
 

 

 

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida Toza rivojlanish mexanizmi (TRM) bo'yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga ko'maklashish maqsadida BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan hamkorlikda « O'zbekistonda Toza rivojlanish mexanizmi uchun imkoniyatlarni kengaytirish » yangi loyihasi ishga tushirildi.

Loyihaning maqsadi uglerodli moliyalashtirish uchun huquqiy va institutsional doiralarni yaratish hamda TRM-loyihalar portfelini ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun ehtimoliy TRM-investorlarga taklif etishdan iborat.

Shu kunlarda loyiha tomonidan TRM Vakolatli milliy organi uchun seminar tashkil etildi. Seminarda Iqtisodiyot vazirligi, BMTTD O'zbekiston, BMTTD YYevropa va MDH mamlakatlari bo'yicha Kioto protokoli Mintaqaviy markazi mutaxassisi, shuningdek qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi. Seminar qatnashchilari O'zbekistonda TRM loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari, uglerodli moliyalashtirish xususiyatlari, yangi loyihaning maqsad va vazifalari bilan tanishishdi. Seminar davomida BMTTD Yevropa va MDH mamlakatlari bo'yicha Kioto protokoli Mintaqaviy markazi mutaxassisi Marina Olbshanskaya uglerod bozori sharhi hamda bug'xona gazlari (BG) chiqindilarini qisqartirish haqidagi bitim taqdimotlarini namoyish etdi. TRM Milliy organi rahbarligida « O'zbekistonda Toza rivojlanish mexanizmi uchun imkoniyatlarni kengaytirish » loyihasi O'zbekistonda TRM ishlarini muvofiqlashtirish, TRM loyihalarini amalga oshirish infratuzilmasini yaratish uchun takliflar kiritish, TRM loyihalari portfelini shakllantirish bilan shug'ullanadi.

Iqlim o'zgarishi muammolarining ahamiyati hamda buning zararli oqibatini kamaytirish uchun samarali choralar ishlab chiqish zaruratini anglagan O'zbekiston 1999 yilda BMT Iqlim o'zgarishi bo'yicha Doiraviy konvensiya Kioto protokoliga qo'shildi.

Kioto protokoli rivojlangan mamlakatlar uchun bug'xona gazlari (BG) chiqindilarini qisqartirish bo'yicha miqdoriy majburiyatlarni 2008-2012 yillarda (1990 yil bilan taqqoslanganda) o'rtacha 5,2% miqdorida belgilab berdi. Rivojlangan mamlakatlar majburiyatlarni bajarish bo'yicha xarajatlarni qisqartirish uchun « Kioto mexanizmlari » deb nomlangan iqtisodiy samarali vositalardan foydalanish huquqi berilgan. Rivojlangan mamlakatlar o'z majburiyatlarini bajarish uchun BG chiqindilari qisqargan hajmlarini boshqa mamlakatlardan sotib olishi mumkin. 1-ilovaga kirmagan mamlakat sifatida O'zbekiston Kioto protokoli bo'yicha miqdoriy majburiyatlarga ega emas hamda Toza rivojlanish mexanizmi (TRM) loyihalarini amalga oshirish orqali BG chiqindilari oldi-sotdisida qatnashishi mumkin. O'zbekistonda karbonat angidrid (SO2) barcha chiqindilarining 98% qazilma yonilgilari yoqilishiga to'gri keladi.

Energiyani tejash dasturlari BG chiqindilarini qisqartirishga qaratilgan, TRMda ishtirok etish esa ularni amalga oshirish uchun investision mablag'larning jiddiy manbaiga aylanishi mumkin. TRM loyihalarini amalga oshirish mamlaat iqtisodiyotiga qashimcha investisiya mablag'larini jalb etadi va ekologik toza texnologiyalarni (quyosh energiyasi, kichik gidroenergetika, biogazni) joriy etishni rag'batlantiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 6 dekabrdagi qarori bilan Iqtisodiyot vazirligi huzurida O'zbekistonning TRM bo'yicha Vakolatli Milliy organi (MO) tashkil etildi. Uning vazifasi investisiya loyihalarini tanlash, Idoraviy kengashga tasdiqlash uchun kiritish hamda monitoring qilish, shuningdek Iqlim o'zgarishi bo'yicha Doiraviy konvensiya Kotibiyati huzuridagi TRM Ijroiya kengashi bilan munosabat qilishdan iborat.

Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 yanvardagi qarori bilan Kioto protokoli Toza rivojlanish mexanizmi doirasida investisiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish tartibi to'grisidagi Nizom tasdiqlandi.
 

 

 
19 fevral
 
Anemiyani davolash va profilaktika qilish uchun dorivor to'plam patentlandi
 
 

 

« Avitsenna » kichik korxonasining « Madaniyat » filialining Xayitqul Bozorov rahbarligidagi tadqiqotchilar jamoasi anemiya (kamqonlik)ni davolash va profilaktika qilish uchun dorivor to'plamga patent oldi.

To'plam xushboy moychechak, achchiq shuvoq, o'tkirbarg kassiya va boshqa o'simliklarni o'z ichiga oladi, deb xabar beradi « Narodnoye slovo » gazetasi.

O'zbekiston florasining dorivor o'tlaridan tayyorlangan yangi dori vositasi gematologik ta'sirli dorilar safini kengaytirib, zararli oqibatlarga olib kelmaydi, kamqonlikning oldini olishga yordam beradi.
 

 
13 fevral
 
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi llmiy- texnik Kengashi navbatdagi yig'ilishi
 
 

 

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi llmiy-texnik Kengashi navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Majlisda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining Harakatlar Dasturi loyihasiga kiritilgan Respublika Tabiatni muhofaza qilish jamg'armasidan moliyalashtiriladigan ishlar muhokamasi bo'yicha quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

 

•  Maishiy oqava suvlardan foydalangan holda neft uglevodorodining biodegradatsiyasi texnologiyasini ishlab chiqish va o'zlashtirish.

•  Neft va neft mahsulotlarini saqlovchi rezervuarlarning nafas olish klapanlaridan ajralib chiquvchi uglevodorod bug'larini mahalliy sanoat chiqindilari asosida tayyorlangan sorbentlar yordamida ushlab qolish texnologiyasini ishlab chiqish.

• Biologik va istiqbolli texnologiyalar majmuasini joriy etish asosida degradatsiya bo'lgan tuproqlar hosildorligini tiklash va oshirish hamda ekologik holatini yaxshilash.

 
Rambler's Top100

 

  Design by "Chinor ENK" , Copyright © 2006
Îñîáàÿ áëàãîäàðíîñòü ñïîíñîðàì âåá-ñàéòà: Ïðîåêòó Ïðàâèòåëüñòâà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí «Ïîääåðæêà îñóùåñòâëåíèÿ Ïëàíà äåéñòâèé ïî ðåàëèçàöèè ñòðàíîâîé ïðîãðàììû â îáëàñòè îêðóæàþùåé ñðåäû è ýíåðãèè», ðåàëèçóåìîé ïðè ïîääåðæêå ÏÐÎÎÍ .