«Ekologiya xabarnomasi» jurnaliga obuna davom etmoqda. Obuna nashrimiz: 910
Bosh sahifa Yangiliklar Jurnal Nashriyot Ko'rsatgichlar [ uz | eng | ru ]
Ko'rik tanlovlar Foto-galereya Bolalar sahifasi Qonunchilik hujjatlari Sayt xaritasi
2007 yil
Dekabr
Noyabr
Oktyabr
Sentyabr
Avgust

 

 
30 aprel
 
Energy Globe – The World Award for Sustainability Barqaror taraqqiyot bo’yicha Xalqaro ko’rik tanlov
 
 

 

Energy Globe sovrini manbalardan oqilona foydalanishga hissa qo’shgan hamda energiyaning alternative manbalarini hayotga tadbiq etuvchi butun dunyodan loyihalarga beriladi.
Har yili 700ga yaqin loyihalar taqdim etiladi. Mazkur loyihalar Energy Globe ma’lumotlar bazasida joylashgan bo’lib, ularni http://energyglobe.com veb-saytida ko’rish mumkin.

Tanlov sovrinlari tizimi quyidagi tarzda shakllanadi: mintaqaviy (masalan Avstraliyada - shtatlar), milliy (90ga yaqin davlatlar), kontinental (masalan Yevropa) va xalqaro. Loyihalar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha beriladi: yer, olov, suv, havo va yoshlar. Har bir yo’nalish bo’yicha xalqaro g’oliblar sovrin sifatida 10 000 Yevro, 17 kg vaznga ega bronza xaykalchasi va sertifikatga ega bo’ladilar.

G’oliblar har yili televideniye bo’yicha jahon stansiyalaridan dunyo bo’ylab tahminan 2.5 billion oilaga namoyish etiluvcji gala-tantanada taqdirlanadilar.

2006 yilda O’zbekiston bo’yicha Energy Globe milliy tanlovi g’olibi etib O’zbekistondagi MOMEM tomonidan amalgam oshirilgan “Boshlang’ich sinflar o’qituvchilari uchun ekologiya bo’yicha darslikni ishlab chiqish va nahsrdan chiqarish orqali ekologik ta’limni targ’ib etish” loyihasi topildi. (http://energyglobe.com)

 

 

 
26 aprel
 
Jurnalning to‘rtinchi soni chiqdi
 
 

 

“Ekologiya xabarnomasi” jurnalining 2007 yildagi to'rtinchi soni nashrdan chiqdi. Mazkur son har doimgidek yangiliklar va tahliliy materiallar bilan boyitilgan. O'quvchilarga bog‘-hiyobon me'morchiligiga, uning shahardagi ahamiyatifa hamda qushlarning shaharlardagi indikatorlik ahamiyatiga oid maqolalar qiziqarli bo'lishi tabiiy.

Jurnal bilan batafsil ravishda bu yerda tanishishingiz mumkin.

 

Jurnal bilan quyidagi manzil bo'yicha tanishishingiz mumkin>>>

 

 

 
24 -27 aprel
 
SXDKKning 15-yilligi
 
 

 

 

Almati shahrida Suv xo'jaligi boyicha davlatlararo koordinasion komissiyasining 15 yilligiga bagishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi.

1991 yilning oktyabr oyida Markaziy Osiyoning : nafar mustaqil davlatlarining Suv xo'jaligi boyicha mussasalarning rahbarlari hujjat qabul qilishdi va u 1992 yilning fevral oyida O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalari o'rtasida «Davlatlararo havzalardagi suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish boyicha hamkorlikdagi boshqaruv sohasida hamkorlik haqida»gi Bitimning imzolanishiga sabab bo'ldi. Mazkur Bitimga muvofiq Suv xo'jaligi boyicha davlatlararo koordinasion komissiyasi (SXDKK) tashkil etildi.

O'tgan 15 yil ichida SXDKKning 46ta majlisi o'tkazilgan bo'lib, ularda Orol dengizi havzasida suvdan foydalanish va boshqarish borasida mavjud va kelgusi masalalar boyicha qarorlar qabul qilindi.

2007 yilning 24-27 aprel kunlari Almati shahrining «Altin Kargali» oromgohida SXDKKning navbatdagi, yubileyga bag'ishlangan, 47-majlisi bo'lib o'tdi. SXDKKning 47-majlisi doirasida Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi. Mazkur anjuman maqsadi mintaqada amalga oshirilayotgan bir qator suv xo'jaligi boyicha loyihalarni taqdim etish hamda suv resurslarini boshqarishning dolzarb masalalari borasida fikr almashishdan iborat bo'ldi.
 

 

 
24 aprel
 
Xabarnomaning maxsus soni chiqdi
 
 

 

“Atrof-muhit va Sog'lom Hayot” ijtimoiy xarakatining suv va suv manbalariga bag'ishlangan maxsus xabarnomasi nashrdan chiqdi. Mazkur sonda “Hayot uchun ta'lim” Markazi tomonidan O'zbekistondagi Britaniya Kengashi hamda “Suvsoz” Davlat Unitar korxonasi-tresti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Suvga ehtiyotkorlik munosabati maktabi. Yiliga 100 mln. litr saqlab qol” dasturini tadbiq etish doirasida qilingan ishlar haqida ma'lumot berilgan.

 

 

 
20 aprel
 
Yer kuni va ekologik jurnalistika bo’yicha 2007 yildagi milliy ko’rik-tanloviga bag’ishlangan matbuot anjumani
 
 

 

Tabiatni muhofaza qilish boyicha Toshkent shahar qomitasida Yer kuni va 2007 yildagi Ekologik jurnalistika bo'yicha milliy tanlovga bag'ishlangan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

Xalqaro hamjamiyat 1970 yildan boshlab Yer kunini nishonlab kelmoqda. Ko'pgina mamlakatlarda ushbu aprel oyi kunlarida atrof-muhitni saqlashga bag'ishlangan tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, Respublikamizda ham milliy bog'lar, qo'riqxonalar, turli muassasalar va o'quv yurtlarida mazkur sanaga bag'ishlangan tadbirlar o'tkaziladi. Xususan, ekologiya yo'nalishida faoliyat ko'rsatuvchi nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyati ham ahamiyatga molikdir.

2001 yildan buyon Markaziy Osiyoning ekologik tashkilotlari ekologik jurnalistika bo'yicha mintaqaviy tanlov o'tkazmoqdalar. O'zbekiston vakillari mazkur tanlovda 2002 yildan buyon ishtirok etib kelmoqdalar. Shu davrdan boshlab har yili ekojurnalistika bo'yicha milliy tanlovlar o'tkazilmoqda. 2007 yilda milliy tanlov O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi, O'zbekistondagi Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazining vakolatxonasi, O'zbekiston NNTMU va O'zbekiston NNT Ekoforumi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
 

 

 
20 aprel
 
Ichimlik suvi muammolari bo’yicha davra suhbati
 
 

 

Toshkent shahrida «lchimlik suvi bilan ta'minlash muammosini hal qilishda mahalliy aholi va jamoat tashkilotlarining ishtiroki» mavzusida doira suhbati bo'lib o'tdi. Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Tabiatni muhofaza qilish boyicha Toshkent shahar va viloyat qo'mitalari, «Suvoqava» Toshkent suv xo'jaligi tashkiloti, Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazining O'zbekistondagi vakolatxonasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, Konrad Adenauer fondi, Suv xo'jaligi bo'yicha davlatlararo koordinasion komissiyasining ilmiy-axborot markazi, o'quv muassasalari, Toshkent viloyati aholi punktlarining mahalla organlari, NNT va Ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar.

 

 

 

 
16 aprel
 
Davra suhbati
 
 

 

O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasida Milliy o'rmon dasturini ishlab chiqish boyicha muhokamalar doirasidagi davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda Toshkent shahri va viloyatining jamoat tashkilotlari vakillari ishirok etdilar. Uchrashuv Milliy o'rmon dasturi va ormon qonunchiligini ishlab chiqish loyihasi doirasida amalga oshirildi. Uchrashuv tashkilotchilari tomonidan suhbat uyushtirilgan bo'lib, unda barcha ishtirokchilar O'zbekiston hududidagi o'rmonlarni saqlash va ko'paytirish haqida o'z fikr mulohazalari, tavsiyalari bilan almashdilar.

 

 

 
12-18 aprel
 
Davra suhbati
 
 

 

Toshkentda Hayvonot bog'lari va akvariumlarining Yevrosiyo mintaqaviy uyushmasining Toshkent davlat hayvonot bog'i asosida anjumani bo'lib o'tdi. Toshkent davlat hayvonot bog'i Hayvonot bog'lari va akvariumlarining Yevrosiyo mintaqaviy uyushmasiga 2000 yilda a'zo bo'ldi. Bu esa uyushmaning axborot xizmatlaridan foydalanish hamda Osiyo va Yevropa hayvonot bog'laridagi hamkasblari tomonidan maslahat yoki boshqa turdagi yordam olish imkoniyatini yaratadi.

 

 

 

 
7 aprel
 
Ekoforum ro’yxatdan o’tdi
 
 

 

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O'zbekistonning Nodavlat va notijorat tashkilotlarining Ekoforumi ro'yxatdan o'tkazildi. O'zbekistonning NNT Ekoforumini tashkil etishdan asosiy maqsad tabiatni muhofaza qilish bo'yicha milliy strategiyani shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilikning ishtirokini kuchaytirishdan iborat.

web-site http://ecoforum.sarkor.uz

 

 

 
7 aprel
 
Koordinatsion majlisning Beshinchi yig’ilishi
 
 

 

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining majlislar zalida Ekologik ta'lim va Barqaror taraqqiyot uchun ta'lim bo'yicha Koordinatsion majlisning 5-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi, YUNESKO, jamoat tashkilotlari vakillari hamda barqaror taraqqiyot uchun ekologik ta'lim masalalari bilan shug'ullanuvchi olimlar ishtirok etdilar.

 

 

 
6 aprel
 
“O’zbekistondagi katta va kichik yoshdagi aholisi orasida yod defitsiti kasalliklari oldini olish”
 
 

 

“Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 iyuldagi 242-sonli “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar salomatligini himoya qilish, sog’lom avlodning tug’ilishi va birinchi darajali vazifalarni bajarish choralari haqida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 22 fevraldagi 71-sonli “O’zbekistonda tibbiy-ijtimoiy himoya oilasini tashkil etish haqida”gi Qarorinini hayotga tadbiq etish maqsadida “Sog’lom avlod uchun” Xayriya Jamg’armasi, O’zbekiston xotin-qizlar Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Endokrinologiya Ilmiy-tadqiqot institute va “NYCOMED” farmatsevtik kompaniyasi hamkorlikda “O’zbekistondagi katta va kichik yoshdagi aholisi orasida yod defitsiti kasalliklari oldini olish” mavzuida ilmiy-amaliy seminarini o’tkazdilar. Seminarda “Sog’lom avlod uchun” Xayriya Jamg’armasining tibbiy-ijtimoiy himoya vrachlari ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy seminarda yod defitsiti kasalliklarini oldini olish bo’yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar tajriba almashdilar va kelgusi faoliyatni kelishib oldilar.

 

 

 
5 aprel
 
"Tabiat-bu hayot va tiriklik tantanasidir"
 
 

 

Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi yoshlarimizning kollejlarda olayotgan ekologik bilimlari saviyasini tekshirish, ularda atorf- muhit muhofazasiga befarq bo'lmaslik ko'nikmalarini tarbiyalash, aynan shu sohada faoliyat ko'rsatayotgan ilg'or kollejlarni rag'batlantirish hamda tadbir bahona bir-birlaridan bilgan-bilmaganlarini ko'rib, tajriba almashishlari uchun sharoit yaratish maqsadida viloyat kollejlari o'rtasida "Tabiat-bu hayot va tiriklik tantanasidir" shiori ostida ekoforum e'lon qildi. Tadbir 2 bosqichda o'tadi:

1-bosqich - 2007 yil 15 aprelga qadar tuman shaharlarida

2-bosqich - 2007 yil 20 aprel Toshkent shahrida viloyat final bosqichi o'tkaziladi.

Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan bu tadbirga Toshkent viloyati o'rta-maxsus kasb-hunar kollejlari Boshqarmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi bo'limi, "Ekosan" xalqaro hayriya jamg'armasi viloyat bo'limlari ham jalb etilgan. Tashkiliy qo'mita bu tadbirni yuqori saviyada o'tkazishga bel bog'lagan.
 

 

 
4-6 aprel
 
«Energetika. Kimyo. Mashina qurilishi»
3-Xalqaro Ko’rgazmasi
 
 

 

Toshkentdagi «lnterkontinental» mehmonxonasida «Energetika. Kimyo. Mashina qurilishi» -Industrial Expo Uzbekistan 3-Xalqaro Ko'rgazmasi hamda 1-Markaziy-Osiyo Xususiylashtirilgan «Laboratoriya EKSPO» Ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Ko'rgazmada taqdim etilgan barcha ekspozitsiyalar yaxshi jihozlangan bo'lib, tashrif buyuruvchilar tomonidan alohida e'tibor Moskvaning «Bruker» MChJ ekspozitsiyasiga qaratildi. Mazkur ekspozitsiyada mikroanaliz uchun taftish uskunalari taqdim etilgan va ularning asosiy qo'llanilish doirasi quyidagilardir: ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv, aerozollar va ifloslanishlar), kriminalistika, toza unsurlarni ishlab-chiqarish va nazorat qilish, tibbiyot va farmokologiya, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab-chiqarish, arxeometriya va restavrasiya.
 
Rambler's Top100

 

  Design by "Chinor ENK" , Copyright © 2006
Îñîáàÿ áëàãîäàðíîñòü ñïîíñîðàì âåá-ñàéòà: Ïðîåêòó Ïðàâèòåëüñòâà Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí «Ïîääåðæêà îñóùåñòâëåíèÿ Ïëàíà äåéñòâèé ïî ðåàëèçàöèè ñòðàíîâîé ïðîãðàììû â îáëàñòè îêðóæàþùåé ñðåäû è ýíåðãèè», ðåàëèçóåìîé ïðè ïîääåðæêå ÏÐÎÎÍ .