«Ekologiya xabarnomasi» jurnaliga obuna davom etmoqda. Obuna nashrimiz: 910
Bosh sahifa Yangiliklar Jurnal Nashriyot Ko'rsatgichlar [ uz | eng | ru ]
Ko'rik tanlovlar Foto-galereya Bolalar sahifasi Qonunchilik hujjatlari Sayt xaritasi
"Tabiiy tanlov"
(bolalar rasmlari)

 

«Ona shahar ekologiyasi» mavzuidagi

BOLALAR RASMLARI KO'RIK-TANLOVI

Kelajagimiz qanday bo'ladi? Bolalar ona shaharlarini qanday tasavvur qiladilar? Uning yaxshiroq bo'lishi uchun ular qanday takliflar kiritishlari mumkin?

«Ona shahar ekologiyasi» bolalar rasmlari ko'rik-tanlovida barcha hohlovchilar ijodlari orqali o'z fikrlarini bildirishlari mumkin. Ko'rik-tanlov Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi hamda «Ekologiya xabarnomasi» jurnali tomonidan tashkil etilmoqda. Tanlov «Yoshlar yili»ga bag'ishlangan bo'lib, ona shahar ekologiyasi haqidadir. Uning maqsadi o'sib kelayotgan avlod e'tiborini shaharlarda mavjud ekologik muammolar va ularni hal etish yo'llari, tabiiy manbo'lardan oqilona foydalanish va ularga nisbatan mas'uliyat his etish kabi masalalarga qaratishdan iborat.

Tanlovda 5 dan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etishi mumkin. Ko'rik-tanlovga bir

ishtirokchidan beshdan ortiq bo'lmagan ishlar qabul qilinadi. Rasmlar A4 yoki A3

hajmdagi qog'ozlarda taqdim etilib, suv bo'yoqlari yoki rangli qalamlar bilan chizilgan bo'lishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar uning tashkilotchilariga yuboriladi. Ishlar va ularga ilova qilingan kerakli materiallar 2008 yilning 1 fevralidan 1 mayga qadar «BOLALAR RASMLARI KO'RIK-TANLOVI» yozuvi bilan quyidagi manzil bo'yicha qabul qilinadi: Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, 100043, Toshkent shahri, Xalqlar Do'stligi ko'chasi, 7 yoki «Ekologiya xabarnomasi» tahririyati manzili bo'yicha: 700185, Toshkent shahri, Sug'olli-ota ko'chasi, 7.

«Ona shahar ekologiyasi» ko'rik-tanlovi ishtirokchilari o'z ijodiy ishlarini quyidagi mavzular bo'yicha berishlari lozim:

•  Kelajak shahri - ekologik toza shahar;

•  Ona shahar tabiati bugungi kunda.

Rasmga tanlov qatnashchisi tomonidan to'ldirilgan ishtirokchi so'rovnomasi va xat ilova qilinishi kerak. Tanlov ishtirokchisi haqidagi ma'lumot quyidagilarni qamrab olishi kerak:

•  familiyasi, ismi, otasining ismi;

•  maktab soni;

•  yoshi, nechanchi sinfda o'qishi;

•  to'liq uy manzili;

•  telefon raqami;

•  shuningdek, taqdim etilgan ish nomi ham ko'rsatilishi lozim.

Tanlov g'oliblari va sovrindorlarini aniqlashda ishlarda mavzuni yoritish va chuqur aks ettirish, bajarish bejirimligi va o'ziga xosligi kabi xususiyatlarga e'tibor beriladi.

Tanlov natijalari 2008 yilning 5 iyunida e'lon qilinadi.

G'oliblar ko'rik-tanlov ishtirokchisining faxrli yorlig'i hamda qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar. Har bir nominatsiyadagi bosh g'olib uchun sovrin uyali telefondir.

Tanlovga taqdim etilgan ishlar qaytarib berilmaydi.

«Ona shahar ekologiyasi» bolalar rasmlari ko'rik-tanlovi tashkiliy qo'mitasi.

Ma'lumot uchun telefonlar:

173-86-73, 116-59-85.

To'liq ma'lumotlar ww.econevvs.uz veb-sahifasida mavjud