«Ekologiya xabarnomasi» jurnaliga obuna davom etmoqda. Obuna nashrimiz: 910
Bosh sahifa Yangiliklar Jurnal Nashriyot Ko'rsatgichlar [ uz | eng | ru ]
Ko'rik tanlovlar Foto-galereya Bolalar sahifasi Qonunchilik hujjatlari Sayt xaritasi
Anons
O'tmish
Tabiat ijodkor nigohida
Teskari muloqot
 
 

 

№1 №2 №3 №4 №5 №6 №7 №8 №9

TAHRIRIYAT KENGASHI

B.B. ALIXONOV
(bosh muharrir)
G'. ALIEV
T. KARIMOV
O. ASHURMETOV
N. MAVLONOV
B. TOSHMUHAMMEDOV
V. CHUB
TAHRIRIYAT

Murod Nasirov
Jasur Azimov
Farruh Inagamov
Natalya Shivaldova
Andrey Bogomolov
Vasiliy Burtsev
Leonid Kudreyko
Eleonora Dubovik
Mevide Ayedinova

Ekologiya xabarnomasi
Экологический вестник
Ecological Herald of Uzbekistan
№9
2007
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining axborot-tahliliy va ilmiy-amaliy jurnali
Информационно-аналитический и научно-практический журнал Госкомприроды Республики Узбекистан
Mundarija        Содержание

Yangiliklar | Новости

2

Ekologik havfsizlik |Экологическая безопасность

 

H . Доценко
Вклад нашего Озоновый Офиса в безопасность озонового слоя для нынешнего и будущих поко­ лений К 20-летию подписания Монреальского протоко ла

4
Dolzarb mavzu | Актуальная тема
 
A . Arslonov , Т. Sultonov , M . Xo'jaev
O'zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirish omillari va uning moliyaviy manbo'lari
10

О. Науменко
Твёрдые бытовые отходы (ТБО) и способы их утилизации в условиях Узбекистана

12
Muallif fikri | Мнение автора
 

Z . Bahodirova , O'. Xo'janazarov , N. Mirzaeva
Qishloq xo'jaligi ekotizimidagi biologikxilma - xillikning xususiyatlari

14

Т. Дермоян
Взаимодействие природно-антропогенных факто ров при оценке водно-земельных ресурсов

17

M. Toshqo'ziev, I. Ziyamuxamedov, О. Haqberdiev
Erlardan oqilona foydalanishga doir ayrim ilmiy - nazariy va amaliy mulohazalar

19
Sanoat ekologiyasi | Экология производства
 

О. Зуев, В. Шипилов, Т. Соловьева
Экологически чистая технология приготовления и применения битумно-полимерных герметиков для сооружений водохозяйственного назначения

21
Qonun amalda | Закон в действии
 

M. Maxmudov, X. Vaxobov
"Nimaniki qilso'ng xor- shunga bo'lasan zor" (yoki qatrasi ham zarga teng)

23
Vatan kengliklarida | На просторах Родины
 

В. Лим, Э. ан, Н. Бешко
Нуратинский горно-орехоплодовый государствен ный заповедник

25
Bolalar jurnali | Детский журнал
Yosh ekolog | Юный эколог

Tabiat ne'matlari | Дары природы
 

A. Akramov, A. Xoliqov
Tut daraxtlarini asraylik

34
Hayot manbai | Источник жизни
 
M . Якубов, И. Абдуллаев, Л. Пейдо
Использование водно-земельных ресурсов вцп
аридной зоне (на примере Бухарского оазиса)
36
Mutaxassis sharhi | Комментарий специалиста
 

M. Shaxriev
Daraxtni kesmoqchimisiz, to'xtang.
Ruxsatnoma oldingizmi....

38
Moziydan sado | Эхо истории
 

А . Айматов
56 лет г . Алмалыку Краткий экскурс в прошлое и настоящее г. Алма­ лык, (г. Алмалик - из глубин веков до наших дней)

39

Salomatlik tabiati | Природа здоровья
 

A. Akbutaev
Anjirning xislati

41

Ko'rik - tanlov | Конкурс
 

Международный школьный проект по рациональ ому использованию ресурсов и энергии объяв ляет конкурс исследовательских и творческих работ для учителей и учеников на 2007-2008 учебный год.

42

Ekologiya va shaxs | Экология и личность
 

Olim Hayotidan lavhalar

43

Veb - sahifa |Веб - сайт
46

Z. Bahodirova, O’. Xo'janazarov, N. Mirzaeva,
Nizomiy nomidagi TDPU

Qishloq xojaligi ekotizimidagi biologik xilma-xillikning xususiyatlari

Barqaror qishloq xo'jaligi bu - barcha tabiiy resurslardan uning saqlanishi va qayta ko'payishini kafolatlagan holda foydalanish, kelgusi avlodlarning yashashini ta'minlashni e'tiborga olgan holda qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish va parvarishlashga asoslangan oziq ovqatlarni ishlab chiqarish usulidir (Atrof-muhitga munosabatlarni o'zgartirgan bir kun, 2006). Oziq-ovqatlarni ishlab chiqarish esa asosan agrosenozlar bilan bog'liq. Agrosenozning eng muhlm xususiyatlaridan biri uning turlari tarkibidir. Tabiiy biosenozlar turlarga boy hisoblansa, sun'iy biosenozlar- agrosenozlarda turlar kam uchraydi. Agrosenoz odatda fitosenoz, zoosenoz, mikosenoz va mikrobiosenozlardan tashkil topadi. Biz quyida agrosenozning muhim tarkibiy qismi hisoblangan fitosenoz va uning xilma-xilligi, xususiyatlari, muhofazasi va agrosenozdagi o'rni haqida to'xtalib o'tamiz.

Biologik xilma-xillik: ekotizimni tashkil qiluvchi ko'p va turli xil tirik organizmlar - hayvonlar, o'simliklar, zamburug'lar, mikroorganizmlardir. Rus ekologlari agroekotizimlarda biologik xilma-xillikni 3 ta fraksiyaga bo'ladi: 1) mahsuldor biologik xilma-xillik. Bu - madaniy o'simliklar turlari, navlari hamda qishloq xo'jaligi hayvonlarining tur va zotlari xilma-xilligidir; 2) resurs biologik xilma-xillik. Bu -agroekotizimda mayjud bo'lgan, inson uchun foydali turlar xilma-xilligidir, ya'ni bularga azotofiksasiya va biogen elementlar aylanishida qatnashadigan yem-xashak ekinlari, tabiiy o'rmonzorlar, ruderal o'simlik guruhlari, hayvon entomofaglari (qushlar, yirtqichlar, hashoratlar va parazitlar) changlatuvchi hashoratlar, tuproq biotasi kiradi; 3) destruktiv biologik xilma-xillik. Bu-qishloq xo'jaligi o'simliklarini hosildorligini va chorvachilik mahsulotlarini kamaytiruvchi turlar xilma-xilligi, madaniy o'simliklar va hayvonlarda kasallik tarqatuvchi begona o'tlar, fitofag hashoratlar va mikroorganizm - patogenlardir. Shuni inobatga olish kerakki, biologik xilma-xillikni destruktiv va resurs turlarga balish nisbiy, chunki bu kategoriyalar o'zaro o'rin almashinuvchilar hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi endigina rivojlanib kelayotgan davrda aynan destruktiv biologik xilma-xillik tabiatning «o'zini o'zi muhofazalash» vositasi sifatida qudratli kuch bo'ldi: ekin maydonlarini va mollar sonini oshirmasdan ushlab turadi, bu esa agroekotizim barqarorligini saqlab turadi. Begona o'tlarning haddan ziyod ko'payishi - yer egasini ekinzorlarni tashlab, yangisini o'zlashtirishiga majbur qilgan, u yer ham nari borsa 5-7 yilgacha xizmat qilardi. Har xil kasalliklar mollar sonini kamaytirgan, lekin tabiatning o'zi ham noqulay sharoit yaratib (qurg'oqchilik, qalin qor), mollar ko'payishini kamaytirib, o'tloqlarni shu yal bilan himoyalagan.

Mahsuldor biologik xilma-xillik va qishloq xo'jaligi ekotizimining barqarorligi

Ko'p hollarda mahsuldor biologik xilma-xillikning oshib ketishi bilan agroekotizim turg'unligi oshadi. O'z navbatida mahsuldor biologik xilma-xillik agroekotizimdagi ekotoplar xilma-xilligiga bog'liq va agrosenozlar strukturasi qanchalik murakkab bo'lsa (dalada yetishtirilayotgan ekinlar to'plami), mahsuldor biologik xilma-xillik ham o'sib boradi.

Murakkab relyefli va har xil tuproqli joylarda, tekis relyefli bir xil tuproqli joyga nisbatan xilma-xil madaniy o'simliklar ekiladi. Bunday holatda har bir muhit sharoitiga mos madaniy o'simliklar turi va navlari tanlab olinadi. Bu birlamchi mahsulot chiqishini ko'paytiradi shu bilan birga yig'ib olinadigan hosilga kam energiya sarflanadi (Qayerdaki, o'simlik uchun shart-sharoitlar mos kelsa, uni etishtirish uchun sarf xarajat kam bo'ladi).

Haroratga talabi har xil bo'lgan madaniy o'simliklar janubiy va shimoliy qiyaliklarda o'sadi. Tekisliklarga ekiladigan o'simlik tur va navlari yer osti suvining joylashgan chuqurligiga va tuproqning namlik darajasiga qarab tanlanib olinadi. Quruq, quyosh yaxshi isituvchi tuproqlarda issiqsevar o'simliklar-makkajaxori, kungaboqar, nam joylarda-suvsevar karam ekiladi. Zax yoki namligi yuqoriroq bo'lgan joylarda suvsevar ko'p yillik o'tlar o'stiriladi (kanareyechnik). Mahsuldor biologik xilma-xillik almashlab ekishda yuksak natijalarni beradi. "Yashil revolyutsiya" davrida dalalarga " yakkahokimlik" kirib keldi. Bitta dalada ketma-ket, ko'p yillar mobaynida bitta kulbtura o'stirilgan, unga yuqori dozada o'gitlar, intensiv sug'orish, xilma-xil pestisidlar qo'llash bilan destruktiv xilma-xillik nazorat ostida bo'lgan.

Ma'lum vaqtgacha "yakkahokimlik" yuqori hosil bilan ta'minlagan, lekin uning ta'siri tuproq yemirilishiga va xususiyatlarini yo'qotishga olib kelgan.

Agroekologlar foydasi oldindan ma'lum bo'lgan almashlab ekishni taklif qilishadi. Tuproq hosildorligini tiklashda almashlab ekishda qo'llaniladigan tuproqda azot moddalarini to'plovchi dukkakdoshlar bilan birga, gumus to'plovchi ko'p yillik o'tlar ishlatiladi. Agar almashlab ekish tarkibiga oraliq (qo'shimcha) ekinlar qo'llanilsa, mahsuldor biologik xilma- xillikni oshirish mumkin (masalan, makkajaxori ekishdan oldin yoki asosiy ekindan (javdar) so'ng oraliq ekinlar ekilsa). Issiq iqlimli yerlarda oraliq ekinlarni asosiy ekinlarni ekishdan oldin ham, so'ng ham ekib o'stirishayapti. Bug'doy ekishdan oldin yem-xashak uchun ishlatiladigan arpa va javdarni, bugdoy yig'ishtirib olingandan so'ng yem uchun ishlatishga rapsni ekish mumkin. Mahsuldor biologik xilma-xillik hisobiga bir daladan 2-3 marta hosil olinmoqda. Tuproq unumdorligini oraliq ekinlar-sideratlar (ya'ni ularning yashil massasini tuproqqa qo'shilsa) hisobiga ham oshirish mumkin. Germaniyada siderat aralashma tarkibiga 5-10 xil don ekinlari, dukkakdoshlar va boshqa oilalar kiritilgan.

Bu vegetasion davrning iqlim potensialidan to'liq foydalanish imkoniyatini beradi, ya'ni dala erta bahordan to kech kuzgacha ishlaydi.

Ekologiyalashtirilgan qishloq xo'jaligida keng ko'lamda yarim kulturadan foydalanish, mahsuldor biologik xilma- xillikni ko'payishiga imkon yaratadi. Yarim kultura-bitta dalada bir necha xil madaniy o'simlik tur va navlarining o'stirilishiga aytiladi. Bunday holatda tuproq resurslari va quyosh nuridan to'lig'icha foydalaniladi. Vegetasiya davri yil bo'yi davom etadigan tropik yerlarda yarim kulturalar bilan ishlash keng tarqalgan.

Mahsuldor biologik xilma-xillikning ko'payishi nafaqat mayjud tur va navlar bilan ishlash orqali, balki boshqa rayonlardan keltirilgan o'simliklarni introduksiyalash va har xil sharoitga moslasha oladigan navlarning yaratilishiga bevosita bog'liqdir. Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkmanistonda yovvoyi cho'l o'simliklari asosida (birinchi galda butalar) o'nlab sugorish talab etmaydigan yem-xashak o'simliklarining navlari olindi. Ekilayotgan ekinlarlarning moslashishini ortishi - agroekotizim barqarorligini oshirishga imkon beradi, bu ham bo'lsa o'simliklarni inson parvarishiga bog'liqligini kamayishi va o'simliklarda "o'z-o'ziga xizmat" elementini kuchayishi hisobigadir. Tuproqdagi namliksiz, mineral ozuqa elementlarisiz, ya'ni sug'orilmasdan, yuqori dozali o'g'itlardan foydalanmasdan o'sa oladigan o'simlik navlariga katta ahamlyat berilmoqda. Moslasha olgan navlar sovuqni, qurg'oqchilikni, sho'rlanishni yoki kislotali tuproq kabi omillarni yenga oladi, begona o'tlar bilan bemalol raqobatlasha oladi, patogenlardan himoya qiladigan immunitetga ega, fitofaglar ta'siriga o'zidan "bemaza" moddalar chiqarish hisobiga qarshi tura oladi va h. k. Masalan, boshqird seleksioneri S.A.Kunakbaev yaratgan moslashgan nav "Cho'lpon" arpasi dunyoning "birinchi nomerli arpasi"ga aylangan. Uni nafaqat Rossiyada, balki Kanadada ham o'stirishmoqda. Arpa qurg'oqchilikdan qo'rqmaydi, chunki kuzgi va bahorgi namgarchilikdan qoniqadi. "Cho'lpon" qalin shox poyalari bo'lgani uchun begona o'tlarni o'stirmaydi, gerbisidlarsiz o'sa oladi, fitofaglar hujumidan insektisidlarsiz himoyalanadi. Natijada "Cho'lpon" arpasi eng qattiq qurg'ochilikda ham, namlik ko'p bo'lgan yillarda ham mo'l hosil beradi.

Oxirgi yillarda genetik-biotexnologlar uchun asosiy masala madaniy o'simliklarni adaptasiya qilish qobiliyatini oshirish hisoblanadi. Ular qurg'oqchilikka chidamli bo'lgan genetik modifisirlangan o'simliklar yaratmoqdalar. Masalan, Afrika va Hindiston guruchining gibridi ontogenezning birinchi etapida o'zini "afrikalik" xususiyatlarini-qurg'ochilikka va begona o'tlar soyasiga chidamliligini korsatadi, keyingi etapda esa namsevar "osiyollk" bo'lib tez o'sadi va ko'p gullardan iborat to'pgullarni shakllantiradi. "Yangi barg" deb nomlangan kolorado qo'ngizi yemaydigan kartoshka navlari seriyalari yaratildi. Gen injeneriya metodlari bilan madaniy o'simliklarning har xil kasalliklarga (jumladan, zang kasalligiga) chidamliligini oshirishga erishildi, bu esa o'simliklarni himoyalashda kamroq miqdorda pestisidlarni ishlatishga olib keladi.

Olimlar oldida zaiflashib qolgan qishloq xo'jaligi hayvonlarini "de-domistikasiya" usuli bilan adaptasiya qilish qobilyatining darajasini oshirish masalasi turibdi. "De-domestikasiya" usuli bilan yovvoyi ajdodlarning moslashish kompleksini to'liq tiklash mumkin emas, lekin qishloq ho'jaligi hayvonlarining noqulay sharoitga chidamliligini, mahsuldorliligini oshirish uchun, bir tomonlama sun'iy tanlash natijasida yo'qotilgan belgilarini tiklash hisobiga ko'tarish, haqiqatga yaqinroqdir. Shunday qilib, de-domestirlangan sigirlar qishki sovuqqa chidamli, ko'p kasalliklarga qarshi immuniteti bo'lishi, kengroq diyetadagi, oddiy domestirlangan sigirlar yemaydigan o'tlarni ham eyishi kerak.

Umuman olganda mahsuldor biologik xilma-xillikning moslashuvchanlik potensialini ko'tarish masalasi moslashgan nav va zotlarni yaratish uchun kerak bo'ladigan materialni xalq qishloq xo'jaligidan kutadi. Qishloq xo'jalik texnikasi, mineral o'g'itlari va pestisidlari bo'lmagan dehqonlar resurs kam talab qiladigan "asket" sortlari bilan ishlashadi. Bundan tashqari, xalq seleksiyasi natijasida har xil kasalliklarga chidamli bo'lgan madaniy o'simliklar yaratildi, chunki dehqonlar kasallikdan, zararkunandalar hujumidan saqlanlb qolgan namunalarnl yig'ib olganlar. Xalq seleksiyasi natijasida masalan, kungaboqarning zang kasalligiga, kungaboqar bitlariga chidamli navlari olingan.

O'simliklarda chidamlilik xususiyatini tashuvchi genlar I. I. Vavilov tomonidan aniqlangan va madaniy o'simliklar genomlarining kolleksiyasi yaratilgan. Hozirgi paytda bunday ishlar butun dunyo bo'yicha olib borilmoqda. Madaniy o'simliklarning genofondini saqlash uchun o'simliklar an'anaviy texnologiya asosida ekib o'stiriladigan maxsus fermalar yaratilmoqda. Qishloq xo'jaligi hayvonlarining "xalq" zotlariga katta qiziqish paydo bo'lyapti.

Resurs biologik xilma-xillikning ahamiyati

Resurs biologik xilma-xillik agroekotizm barqarorligini oshirish potensialiga ega. Uni yuqori darajada ushlab turishga keng asnoda xizmat qiladi, biologik xilma-xillikni saqlash muammosining echilishiga hissa qo'shadi. Resurs biologik xilma-xillik agroekotizmning sogliq korsatkichi bo'lib, rekresion funksiyani bajarishida ahamiyatli o'rni bor. Qishloqda, bog'lar, dalalar orasidagi gullagan xilma-xil o'tlar va dukkakli joylarda shaharliklar dam olishadi. Resurs biologik xilma-xillik yem-xashak yaylovlari sifatida, asalarilar uchun oziq bazasi, dorivor o'simliklarning xomashyo bazasi, ovchilik qilish mumkin bo'lgan joy hisoblanadi va qadrlanadi.

Agroekotizim barqarorligiga resurs biologik xilma-xillikning ijobiy ta'siri bor:

•  Ko'p haydalish oqibatida buzilgan tuproqning tiklanishi: o'simliklar va ularga hamroh bo'lgan geterotrof bio ta'sirida tuproq tarkibi tiklanib, gumus ortadi. Eroziya jarayoni tugatiladi, chunki ko'p yilllk o'tlar tuproq yuzasini ishonchli himoyalaydi. Resurs biologik xilma-xillikning ketma-ket ta'sirida agroekotizimda moddalar davriy aylanishi faollashadi, ekiladigan yerlar organik va mineral moddalar bilan boyiydi.

•  Iqlimning yaxshilanishi: Agroekotizim tarkibiga kiruvchi o'rmonlarda qor toplanishiga, shamol tezligini kamaytirishga xizmat qiladi. Bu esa haydalgan tuproqni namlik bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.

•  Gidrokimyoviy va gidrologik rejimning yaxshilanishi: O'rmon jamoalari va ayniqsa, namli o'tloqlar, qirgoq, suv jamoalari, o'tli botqoqlar, yomg'ir va qor suvini yig'uvchi samarali biofiltrlar hisoblanib, dala suvidan o'g'itlarni, pestisidlarni va chorvachilik oqova suvlarini tozalaydi. Shuning uchun bu tabiiy tozalovchi qurilmalar muhofaza qilinishi kerak. O'rmon-dasht, dasht zonasidan botqoqliklarni quritish ma'n etiladi. Nam yerlarda faqat yilning issiq paytida mol boqish mumkin. Vetlandlar hududida muhofaza qilinishi kerak bo'lgan turlar tarqalgan bo'lib, ularni ko'pchiligini mikro qo'riqxonalarga aylantirilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi.

•  Avtomatik tartibda zararkunandalarning(fitofag-hashoratlar) populyasiya zichligini nazorat qiluvchi foydali simbiotik aloqalarning tizimi yaratiladi. Bu tizim dala jamoalarini yuqori resurs va destruktiv bioxilma-xilligida yig'iladi. Ekologik qoidaga binoan "xilma-xillik xilma-xillikni tug'diradi" (keltirib chiqaradi), ya'ni o'simliklarning xilma-xilligi hisobiga hashoratlar, qushlar xilma-xilligi saqlanib turiladi. Foydali simbiotik aloqalar tizimining shakllanishi dala maydonlarining kamayishiga va ularni o'rmonzorlar, tabiy o'simliklar qoplami va jarliklar bilan ketma-ket kelishiga hissa qo'shadi. Ko'p agroekologlar, ko'p turli entomosenozni entomofaglar ishtirokida shakllanishiga, ruderal o'simliklar katta hissa qo'shadi, deb hisoblaydilar

•  Resurs biologik xilma-xillikning potensialini ekinzorlar ulushining kamayishi orqali bilish mumkin. Tabiat doimo o'zini tiklashga tayyor, faqatgina agroekotizm uchun yuqori darajadagi foydali jarayon rivojlanishiga sharoit yaratish kerak.

Destruktiv biologik xilma-xillikdan foydalanish imkoniyatlari

Begona o'tlar chuqur ildiz sistemasi hisobiga haydalgan va chuqur tuproq qatlamlari orasida biogeokimyoviy almashinuvni amalga oshiradi. Ular madaniy o'simliklar ildizlari ololmaydigan mineral o'g'itlarni tuproq yuzasiga olib chiqadi.

Begona o'tlar madaniy o'simliklarga nisbatan mineral ozuqa moddalarini faol o'zlashtiradi va yer osti organlarida to'playdi. Bu o'g'itlar zahirasini daladan chiqarilishini kamaytiradi, chirish jarayonida esa moddalarni tuproqqa qaytarib beradi. Ekinlarni ekish paytida begona o'tlar tuproq eroziyasini sekinlashtirishi mumkun. Yaqin o'tmishda begona o'tlar bilan kurashish haqida gapirilgan bo'lsa, hozir "nazorat" degan tushunchani ishlatmoqdalar, nemis agroekologlari esa hatto "begona o'tlardan foydalanish" haqida gapirmoqdalar.

Fitofag hashoratlarning nazoratdagi populyasiyalar zichligi barg qismlarini yeb, fotosintez uchun sharoitlarni yaxshilaydi, bu hosildorlikni oshiradi. Shuning uchun ham patogenlarning ma'lum miqdori o'simliklar uchun foydali.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, faol foydalanilayotgan qishloq xo'jalik yerlari, biologik xilma-xillikni saqlashda qo'riqlanadigan tabiat hududlariga nisbatan ko'p hissa qo'shadi.

Agroekotizimda biologik xilma-xillikning tabiat muhofazasini baholashda nafaqat turning umumiy soni va ular tomonidan shakllantirgan jamoani, balki qaysi turlar hisobiga agroekotizim flora va faunasi shakllanganligi hisobga olinadi. Demak, himoyaga muhtoj turlarni aniqlash va saqlab qolish uchun sharoit yaratib berish kerak. Himoyaga muhtoj bo'lgan turlar uchun mikro qoiriqxonalar yaratib,y erga tushadigan ozuqa birlik darajasini qat'iy nazorat qilish shart.

M. Shaxriev,
Buxoro shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi

Daraxtni kesmoqchimisiz, to'xtang. Ruxsatnoma oldingizmi?

Daraxtzorlar va ko'kalamzorlarning atmosfera havosini turli zararli omillardan himoya qilish qobiliyati, xususan chang miqdorini havoda bo'lishini 2-3 marta kamaytirishi, havodagi sulfid angidrid gazlarini o'ziga singdirib sulfatlarga aylantirishi, daraxt barglari havodan SO2 gazini fotosintez reaksiyalari vositasida olib havoga oksigenni chiqarishi, xullas mexanik va himoyaviy filtrlik vazifasini o'tashi olimlar tomonidan allaqachon aniqlanilgan. Ma'lum bo'lishicha bir gektar yerga ekilgan daraxtlar 200 kishi nafas olganda chiqariladigan SO2 gazini sindirib O2 gazini ajratib chiqaradi.

Qolaversa, daraxt soyasi orombaxsh his bag'ishlab, issiqdan saqlaydi. Lekin qurigan, chirigan, kasal tekkan va shaharni obodonlashtirish rejalarini amalga oshirish, hamda binolar, inshootlar va kommunikasiya qurilishi bilan bog'liq xollarda daraxt, butazorlarni kesish zarurati tugiladi.

Qurigan daraxtlarni kesib tashlashda ham o'zboshimchalik bilan ish yuritmaslik kerak, chunki (O'bekiston Respublikasining 1997 yil 29 dekabrdagi "O'simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi Qonuni 15- moddasiga muvofiq o'rmon fondiga kirmaydigan joylardagi daraxtlarni va butalarni kesish mahalliy hokimiyat organlarining tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi bilan kelishilgan holda ruxsat qilinadi. Dastavval shahar obodonlashtirish boshqarmasi va tabiatni muhofaza qilish qo'mitasiga xat bilan murojaat qilinishi kerak. Tegishli xulosa olingandan so'ng masala hal bo'ladi.

O'sib turgan daraxtlarni kesish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 28 oktyabrdagi 508-son qarorida belgilanilgan bo'lib, mahalliy hokimiyat organlaridan maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirilib, taksa asosida tegishli to'lovlarni bajargandan keyin qo'mitamiz rozilik beradi. Aks holda daraxtlarni ruxsatsiz kesilishi ma'muriy javobgarlikka va hatto yetkazilgan zarar miqdori eng kam ish haqining 100 baravaridan oshsa JKning 198-moddasiga ko'ra jinoiy javobgarlikka olib keladi. Ommaviy targ'ibot tizimlari orqali ekologlarimizni tushuntirish, tashviqot ishlariga qaramay, o'simlik dunyosiga bo'lgan ayovsiz, vahshiyona munosabatlar hali ham uchrab turibdi, bu aholi tomonidan qo'mitamizga o'rinli shikoyatlar kelib tushishiga sabab bo'lmoqda.

Odamlar daraxtlar kesilishidan achinishadi, qo'mitaga qo'ng'iroq qilishadi, o'zlari kelishadi, xat yozishadi.

2006 va 2007 yilning 1 yarmida shaxrimizning "Dilkusho" bozori, Ashxobod, Navoiy shoh ko'chasida daraxtlarni ruxsatsiz kesganlari uchun bir qator fuqarolardan jarimalar va yetkazilgan zarar miqdori undirib olindi. O'z tushuntirish xatlarida ular daraxtlarni kesish uchun ruxsat olish lozimligini bilmasliklarini vaj qilishadi. Vaholanki, (O'zbekistan Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida har bir fuqaro atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburligi, bu borada qonunlar va hukumat qarorlari hamda boshqa me'yoriy hujjatlar talablarini mazmun mohiyatini anglab yetishi, bu ishlarni samarali bo'lishi uchun jamoat tashkilotlari, mahalliy hokimiyatlar, mahalla fuqarolar yig'inlari, SES xodimlari, loyihalash-me'morchilik, tabiatni muhofaza qilish sohasi xodimlari bilan hamkorlikda harakat qilishlari zarur.

Yana bir masala tegishli idora, organlar tomonidan Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tasdiqlagan namunalar asosida maxsus ruxsatnoma blankalarini tezkorlik bilan kapaytirib, raqamlab iste'molchilarga o'z vaqtida berish bilan bog'liq.

Daraxtlarni kesish masalasida asosli tarzda murojaat qilgan fuqarolar, tadbirkor va boshqa shaxslarga qo'mitamiz tomonidan uslubiy yordam ko'rsatish xizmatlari doimo bajariladi. Xullas, qurigan bo'lsa ham, o'sib turgan daraxtni ham kesib tashlashga shoshilmang, tegishli xulosalar olish uchun shahar obodonchiligi boshqarmasi, tabiatni muhofaza qilish qo'mitasiga murojaat qiling, aks holda jarima to'lashingizga to'g'ri keladi.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, havo ifloslanish darajasi yuqori bo'lgan joylarda mevali, rezavor o'simliklar ekmaslik maqsadga muvofiq ekanligi tavsiya qilingan, chunki o'ta ifloslangan havo muhitida yetishtirilgan mevalaming tarkibida zaharli moddalarning salmog'i ko'p bo'ladi.

MUNDARIJA
Rambler's Top100

 

  Design by "Chinor ENK" , Copyright © 2006