 |
TAHRIRIYAT KENGASHI |
B.B. ALIXONOV
(bosh muharrir)
G'. ALIEV
T. KARIMOV
O. ASHURMETOV
N. MAVLONOV
B. TOSHMUHAMMEDOV
V. CHUB
|
TAHRIRIYAT |
Murod Nasirov
Jasur Azimov
Farruh Inagamov
Natalya Shivaldova
Andrey Bogomolov
Leonid Kudreyko
Eleonora Dubovik
Mevide Ayedinova
|
|
 |
Ekologiya xabarnomasi
Экологический вестник
Ecological Herald of Uzbekistan |
 |
№1
2008 |
 |
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining axborot-tahliliy va ilmiy-amaliy jurnali
Информационно-аналитический и научно-практический журнал Госкомприроды Республики Узбекистан |
Mundarija Содержание |
|
 |
 |
2008 Yil – Yoshlar yili
2008 год – Год молодёжи
|
|
|
Н.Шивалдова
Молодёжь и экология сегодня или Году молодёжи посвящается |
4 |
|
N.Ravshanova
Uzluksiz ta'lim tizimida ekologik tarbiya va ta'lim aspektlari |
10 |
Hayot manbai
Источник жизни
|
|
|
О.Науменко
Вода, вода, кругом вода и нет ни капли для питья |
|
M.X.Mamanazarov
Suv resurslari ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolari |
16 |
 |
Kitob javoniga
На книжную полку
|
Министры должны объединить усилия для обеспечения здоровой окружающей среды для общеевропейского региона
|
20 |
 |
Э.Махмудов, А.Кулкараев
Проблемы Приаралья в центре внимания учёных
|
21 |
 |
Алиханов Б.Б.,Аксенова Л.А., Горелкин Н.Н.,Франк Л.Г.
Экологические индикаторы для оценки воздействия Аральского кризиса
|
23 |
|
O‘.A. Sobirov
Orolbo‘yi mintaqasining ekologik muammolari va uning oqibatlari |
29 |
 |
Б.Б.Алиханов, М.Д.Ходжаев
Возобновляемые источники энергии - альтернатива для Приаралья |
32 |

Mutaxassis sharhi I Комментарий специалиста
|
Г.Ф.Гончаров
Обзор международного сотрудничества и их результаты: проблемы сохранения сайгаков в Приаралье |
37 |
Gipotezalar-tadqiqotlar-ixtirolar
Гипотезы-исследования-открытия
|
I.M.Oxremenko, A.R.Babayev
Oqova suvlarni gippoxlorit natriy yordamida zararsizlantirish tadqiqoti |
39 |
Б. Т. Курбанов, Т. Ю.Лесник
Особенности гидрохимического состава поверхностных вод Республики Узбекистан |
41 |
Loyiha amalda
Проект в действии
|
Р.Асадулина
Drynet-хороший пример инициативы, проявленной местными общественными организациями в поисках путей решения проблемы опустынивания |
44 |
| |
|
Mamanazarov M.X. – O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi,
Yer va suv nazorati Bosh boshqarmasi boshlig'i |
Suv resurlari ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolari |
Garchi yer sharining 3/4 qismi, ya'ni 71 foizi suv bilan qoplangan bo'lsa ham chuchuk suv, umumiy suv miqdorining 2 foizga yaqinini tashkil etadi. Suv bu yerdagi eng aziz ne'mat hisoblanib, tabiat boyliklari orasida alohida o'rin tutadi. Chunki suv, barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbaidir.
Avvalombor, y er yuzida hayot davom etishi uchun suvni, yerdagi suv manbalarini, ayniqsa chuchuk ichimlik suvlari zahiralarini ehtiyot qilishimiz, ularni ifloslantirishga y o ' l qo'ymasdan, oqilona foydalanishimiz lozim.
Birlashgan M illatlar T ashkilotining 1992 yil Rio de Janeyro shahrida "Atrof muhit va taraqqiyot" mavzusida bo'lib o'tgan konferensiyasida jahon jamoatchiligining e'tibori suv muammosiga jalb qilindi. Unda ichimlik suvidan tejamkorlik bilan va uni isrof qilmasdan foydalanish masalalarini y o 'lga qo'yish yuzasidan takliflar qabul qilingan. Chunki, 6 milyard aholining 1,2 milyardi toza ichimlik suviga muhtoj, 2,3 milyard aholi esa sanitar talab darajasiga mutlaqo javob bermaydigan suvni ichishga majbur bo'lmoqda.
Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida suv y etishmasligi doimiy jarayonga aylangan. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda jahon aholisining har 10 tadan 4 tasi toza ichimlik suvi y etishmaydigan joylarda yashashga majbur bo'lib, bunday holat 2025 yilga kelib, har 10 odamdan 6 tasi yoki 5,5 milyard aholi toza ichimlik suv tanqisligiga uchrash ehtimoli bor.
Kelgusida Respublikamizda shunday ayanchli muammolarga duch kelmaslik maqsadida, yer usti va yer osti chuchuk ichimlik suv zahiralarini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish borasida O ' z bekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi sa'yi harakati bilan bir muncha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yer osti suvlari hosil bo'ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish va suvni muhofaza qilish zonasini va qirg'oqboyi polosasini, transchegaraviy daryolar bo'lmish Amudaryo va Sirdaryo daryolarining respublika hududidan oqib o'tuvchi qismlariga suvni muhofaza qilish mintaqalari va qirg'oqbo'yi polosalari belgilash t o 'g'risida Hukumat qarorlari qabul qilinib, ularda tegishli vazirliklar, qo m italar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, shuningdek, korxona va tashkilotlar bajarishlari lozim bo'lgan vazifalar belgilab berildi.
Respublikada chuchuk yer osti ichimlik suvlari asosan 77 ta manbada mavjud bo'lib, ularning umumiy zahirasi 57,6 mln.m3/sutkani tashkil etadi. Yer osti suv zahiralarining 34,5% Farg'ona vodiysida, 24,6% Toshkent viloyatida, 18% Samarqand viloyatida, 9% Surxondaryo viloyatida, 5,5% Qashqadaryoda, 7% atrofida qolgan viloyatlarda hosil bo'ladi.
19 ta chuchuk yer osti suvlari hosil bo'ladigan jami 407,36 ming gektar maydonga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi belgilangan.
Ushbu chuchuk yer osti suvlari hosil bo'ladigan respublika ahamiyatiga ega 11 ta va viloyat ahamiyatiga ega bo'lgan 8 ta ichimlik suv zahira manbalarini muhofaza qilish bo'yicha joylarda tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu hududlarda yer osti ichimlik suvlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish ob'ektlari faoliyati nazoratga olingan.
O'zbekiston Respublikasining yer osti suvlari umumiy suv resurslarining ajralmas qismi bo'lib, iqtisodiyotning rivojlanishida, shaharlar va qishloqlar aholisining xo'jalik-ichimlik suv ta'minoti, sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning asosiy suv ta'minoti manbasi hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, Hukumat qarorlariga ko'ra, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy va Buxoro hokimliklariga Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining qirg'oq bo'yi yerlarini belgilangan tartibda, yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining suv xo'jaligi tashkilotlariga berish, Surxondaryo, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklariga esa Surxondaryo, Norin va Qoradaryo daryolarining qirg'oq bo'yi yerlarini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining o'rmon xo'jaligi tashkilotlariga yerlardan doimiy egalik qilish va foydalanish uchun davlat dalolatnomalarini berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublika hududidagi 6 ta daryoning (Qashqadaryo, Zarafshon, Chirchiq, Surxondaryo, Qoradaryo va Norin) suvni muhofaza qilish maydonlari jami 73,12 ming gektarni, qirg'oq bo'yi polosalari esa 9,85 ming gektarni tashkil etadi. Ushbu 6 ta daryoning suvni muhofaza qilish mintaqasida joylashgan 126 ta ekologik potensial xavfli ob'ektlar mazkur mintaqalardan chiqarildi.
Suv resurslarini chegaralanganligini inobatga olib, suvdan samarali foydalanish va joylarda tuzilayotgan Suvdan foydalanuvchilar uyushma (SFU)lari faoliyatini yanada jonlantirish, ulardan unumli foydalanish, suv ota tanqis bo'lgan yillarda sug'orma suvlarga minerallashgan zovur suvlarini zarur nisbatda aralashtirgan holda hamda tashlama suvlari bilan qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda ishlatishdek uslub, kelajakda keng qo'llanilishini hozirda vujudga kelgan vaziyat taq o zo etmoqda.
O'zbekiston Respublikasining asosiy suv oqimlari manbalari bo'lib, Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalari hisoblanadi, ularning kop yillik o'rtacha umumiy oqimi 115,6 km3ni tashkil qiladi, shu jumladan Amudaryo havzasida - 78,46 km3 va Sirdaryo havzasida 37,14 km3 atrofida suv hosil bo'ladi.
Markaziy Osiyo Davlatlari rahbarlari va Hukumatlarining siyosiy hohish-istaklari ko'p sonli Kelishuvlarda (1993 yil mart, 1994 yil yanvarb, 1999 yil aprelb, 2002 yil avgust) aks etgan bo'lsada, 2000-2001 suv tanqis yillari, Amudaryoda, hamda sersuv ikki yildagi tajriba, ayniqsa Sirdaryo bo'yicha mavjud tizimning mukammal emasligini ko'rsatdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro k o 'llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo'yicha Konvensiya"ga (1992 yil 17 mart, Xelsinki) va "Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish t o 'g'risidagi Konvensiya"ga (1997 yil 21 may, Nbyu-York) O'zbekiston Respublikasining q o 'shilishi bo'yicha "Xalqaro shartnomalarga q o 'shilish to g 'grisida"gi 2007 yil 9 avgustdagi PQ-683-sonli qarori qabul qilindi.
Mintaqada suvlarni transchegaraviy boshqarishda, daryoning quyi oqimida oqimida joylashgan hududlarda suv taqchilligi sezilmoqda. Suvlarni transchegaraviy boshqarishda yuqorida joylashgan mamlakatlar hatti-harakatlarining kelishilganligiga bog'liq bo'lgan holda, xalq xo'jaligini rivojlanishiga, gidroenergetik inshootlarning ish rejimiga, yuqorida joylashgan sug'orish inshootlarining sug'orma yerlarga suvni y etkazisn rejimiga rioya etilishiga, daryo oqimi bashorati t o 'g'riligiga bog'liq holda o 'z ta'sirini ko'rsatadi.
Shuningdek, davlatlararo daryolar - Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Or o l dengizi va boshqa suvlardan foydalanish davlatlararo bitimlar asosida amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan. Amudaryo va Sirdaryo daryo suvlari Orol dengizi havzasini tashkil qiladi. Mintaqa mamlakatlari o'rtasida birgalikdagi maqsadga y o 'naltirilgan ekologik siyosat va o 'zaro hamkorlikning yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik bazasini mukammal rivojlantirish evazigagina ushbu ekotizimni muayyan holda saqlab qolishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda mintaqadagi daryolar oqimlarining suv sarfini aniqlashda mutahassislarni fikricha tog'larda, muzliklarda, daryo o 'zanlarida faoliyat ko'rsatayotgan gidrologik postlar sonining kamayib ketganligi bois, ma'lumotlar va o 'z navbatida bashorat aniqligi kamaygan. Bu ham bir sabab bo'lishi mumkin lekin bizning fikrimizcha, bu holatning yuzaga kelishida, tog' tizmalarida yog'adigan qor va yomg'irlarning yerga shimilishini hamda yer osti suvlarining uzoq vaqt toyinishini ta'minlashda omil bo'lib xizmat qiluvchi o 'simlik dunyosi (ya'ni o'rmonlar, o'tloqlar, t o 'qaylar va h.k.) bilan qoplangan soylarning, jilg'alarning holati muayyan ahamiyatga ega. Shuning uchun bugungi kunda suv resurslaridan xalq xo'jaligida oqilona foydalanishda va ularni muhofaza qilishda, foydalanib kelinayotgan mavjud suv manbalarining asosiy qismi q o 'shni respublikalarda hosil bo'lishini hisobga olgan holda ular bilan hamkorlikda keng qamrovli ekologik-gidrogeologik, gidromeliorativ, gidrologik va bir qator ilmiy tadqiqot va qidiruv ishlarini olib borish zarur.
Markaziy Osiyo yagona ekotizim hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlari o'rtasida hamkorlikdagi maqsadga yo'naltirilgan ekologik siyosat va o'zaro hamkorlikning yagona ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik bazasini mukammal rivojlantirish evazigagina ushbu ekotizimni muayyan holda saqlab qolishi mumkin.
Mutaxassislarning bashorati bo'yicha global temperaturaning oshishi hisobiga Markaziy Osiyodagi mavjud muzliklarning zahirasi 2015 yilga borib, 40-50 foizga kamayishi kutilmoqda, bu esa suv taminotini 20-30 foiz qisqarishiga olib keladi.
Tabiatdan foydalanish jumladan, suv resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish - murakkab muammoli masalalardan biri bo'lib, bunga yaqqol misol tariqasida Orol dengizi, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni keltirish mumkin.
Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 6 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 martaga (1064 kub km dan 80 kub km gacha) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l dan (Draining sharqiy qismlarida 280 g/l gacha etdi. Orol dengizi deyarli "o'lik" dengizga aylandi. draining qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 15dan 75 mln. tonnagacha chang ko'tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho'llanish sur'atlari csib bormoqda.
Orol dengizi va Orolboyi muammolari yuzasidan yuzlab mahalliy va xalqaro loyihalar taklif qilingan. Bu loyihalarni umumlashtirib, ularni asosan ikki turga bo'lish mumkin. Birinchisi "Ichki imkoniyatlardan kelib chiqib Orolni saqlab qolishga qaratilgan loyihalar" bo'lsa, ikkinchisi "Orolga suvni tashqaridan olib kelishni taklif qilish haqida"gi loyihalardir.
Ichki imkoniyatlardan foydalanib, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimidagi, Sariqamish, Dengizko'l, Tcdako'l va boshqa ko'llarning tashlama suvlarini Orol dengiziga oqizish, kollektor-zovur suvlarini Orol dengiziga alohida o'zan bilan olib borish, ikki daryo oroligida Surxondaryodan to Orolgacha "Shordaryo" deb ataluvchi, kollektor-zovur suvlarini yigib oluvchi Bosh tashlama kollektorini qurish, gidromeliorasiya tizimlarini samaradorligini oshirish, sug'orish madaniyatini yaxshilash, suv resurslaridan foydalanish, sug'orish tizimlarining foydali ish koeffisientlarini oshirish, suv resurslarini hududiy taqsimlash, tejab tyergab foydalanish, pullik suvni joriy etish, sug'oriladigan yerlar maydonini barqarorlashtirish, yerlarni kapital planirovkasi(bir nishablikda tekislashjni amalga oshirish, Markaziy Osiyo davlatlari o'rtalaridagi suv taqsimotini birinchi navbatda Orol dengizi ehtiyojini hisobga olgan holda uning sathini barqarorlashtirishni ko'zda tutuvchi loyihalar taklif etilgan.
Orol dengizini saqlash va tiklashda Rossiya Okeanografi V.Bortkining taklif etgan loyihasi bo'yicha ikkita yirik tagon qurish taklif etiladi. Birinchi tcgon dengizning shimoliy qismida bunyod qilinib, kichik Orolni, katta Oroldan ajratib qoyishni taklif etdi. Ikkinchisini esa, janubda Ajiboy qaltigida barpo etish mo'ljallanadi. Bunday qilinganda dengizning maydoni biroz kichrayib buglanishi kamayadi. Loyiha muallifi Sariqamish va Arnasoy kalian tizimidagi suvni ham Orolga olib borishni taklif etadi.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlashda avvalom bor suv resurslaridan, ayniqsa aholi o'rtasida ichimlik suvidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan tushintirishlar olib borishda keng jamoatchilikni jalb etish, targibot va tashviqot ishlarini yanada jonlantirish lozim. Shuningdek, mintaqada mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'zaro hamkorlikdagi maqsadga yo'naltirilgan ekologik siyosat va ilmiy, huquqiy, moliyaviy hamda texnologik bazasini mukammal rivojlantirishlari zarur bo'ladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining transchegaraviy xususiyatlarini alohida inobatga olgan holda, oqilona va adolatli tarzda transchegaraviy suvlardan foydalanishda Orol dengizi qirg'oqlari boyida lokal (mahalliy) suv havzalarini barpo etish borasidagi loyihalarni amalga oshirilishini ta'minlashda zarur miqdorda (qurilayotgan suv havzalari foydali hajmi va gidrotexnik inshootlar quvvatidan kelib chiqgan holda) suv otib turishini ta'minlanishi kerak.
Suvdan foydalanishda bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich dish, suvdan xojasizlarcha foydalanilgan hollarda iqtisodiy javobgarlik va suvdan tejamli hamda samarali foydalanilganda iqtisodiy ragbarlantirish joriy qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Suv resurslaridan foydalanuvchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka rioya etilishi hamda bu borada belgilangan chora-tadbirlarning keng qamrovli bajarilishiga erishish ya'ni, suvning magistral kannallardan tortib to dalaga borguniga qadar qat'iy hisobini yuritish, belgilangan limitdan ortiqcha suv olmaslik, suvning behuda sarfini oldini olish maqsadida magistral kanallar, kanallar va umuman olganda sug'orish tizimlarining foydali ish koeffisientini oshirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish (o'zanlarni betonlash, kalbmatasiyalash va hokazo), dala kartalarini muntazam planirovka qilib borish, kanal va kollektor-zovur o'zanlarini muntazam tozalab turish, sug'orish va shor yuvish ishlarini amalga oshirish vaqtida, suv isrofgarchiligiga yd qoymaslik chOrolarini belgilash, sug'orishning ilgor texnologiyalarini (tomchilab sug'orish, yomgirlatib, navbatma-navbat, tuproq ostidan sug'orish va hokazo) bosqichma-bosqich joriy qilinishi kerak.
Orol boyidagi aholiga amaliy yordam ko'rsatish, qcshimcha ish joylarini kopaytirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab quvvatlash, hududlarni tuz va chang-to'zonlardan himoya qilish maqsadida Orol dengizining qurigan tubida saksovul, cherkez va boshqa csimliklarni ekish csimlik va hayvonot olamini tiklash, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashini ta'minlash, baliqchilikni tiklash va dengiz qirg'oqlari boyida lokalb suv havzalari barpo etish borasidagi loyihalarni amalga oshirilishiga to'la-tckis erishish.
Mazkur chora-tadbirlarning bajarilishi bilan O'zbekiston Respublikasidagi nafaqat ekologik xavfsizlikni ta'minlash, balki ertangi kunimiz istiqboli va farovonligini ta'minlashga zamin bo'lib xizmat qiladi. |
| |
O‘.A Sobirov - O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi,
Davlat bionazorati bo'lim boshlig‘i. |
Orolbo‘yi mintaqasining ekologik muammolari va uning oqibatlari
|
Xozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta'siri natijasida atrof muhitda sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Jumladan, iqlim o'zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o'rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoiqda.
Tabiiy muhit holatining inson ta'sirida o'zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta'sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta'sirlar natijasida mintaiqadagi ekologik inqirozning eng xavfli nuqtasi xisoblangan "Orol muammosi" vujudga keldi.
Bu haqida quyidagi ma'lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 6 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 115 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, (Draining shandy qismida esa 280 g/l gacha etdi. Orol dengizi deyarli "o'lik" dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yyerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko'tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho'llashish sur'atlari o'sib bormoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti LA.Karimovning ta'kidlashicha: "Orol dengizining yo'qolib borishi xavfli ekologik muammo, aytish mumkinki, milliy falokatga aylandi. Orol dengiz muammosi ildizi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Ammo XX asrning 60-90 yillarida u tahdidli darajaga yetdi. Butun Markaziy Osiyo hududi bo‘ylab sug‘orish inshootlarining izchillik bilan qurilishi Orol falokatining sababchisi bo'lib qoldi... Bugungi kunda Orolbo'yi - ekologik falokat hududi", Prezidentimiz fikricha, "Orol inqirozi - insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va ijtimoiy falokatlardan biriga, dengiz havzasida yashovchi 35 mln. axoli uning ta'siri ostida qoldi".
Favqulodda qiyin ekologik vaziyat, ichimlik suvi sifatining yomonlashuvi hudud aholisi salomatligiga katta salbiy ta'sir o'tkazdi. Orolbo'yi aholisi uchun ichimlik suvining asosiy manbasi - Amudaryo suvi bo'lib, undagi har xil tuzlar, kimyoviy elementlar va birikmalar borligi tufayli ichimlik suvi sanitariya me'yorlariga tog‘ri kelmay hududda epidemiologik vaziyat vujudga kelishiga sharoit tug‘diradi.
O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab hududda o't haltada tosh paydo bo'lishi, surunkali gastrit, buyrak kasalliklari va Qizilo'ngach raki kabi kasalliklar ko'paya boshladi.
Avval dengiz yirik transport, baliqchilik va boshqa xo'jalik ham iqlim axamiyatiga ega edi. Bugungi kunda Orol dengizini o'rnida asosan 6 ta qoldiq ko'llar xosil bo'lgan. Orol dengizining qurib ketgan yerlaridan shamol orqali havoga tuz va chang ko'tarilib, yuzlab kilometr hududlarga tarqalmoqda. Bu nafaqat Orolbo'yi, balki undan uzoq hududlarda ham qurg‘oqchilikni keltirib chiqarmoqda. Orolning qurigan tubidan ko'tarilgan chang-to'fonlari ilk bora 1975 yili kosmik tasvirlar natijasida anqlangan, hozirda esa ular oddiy holga aylangan. O‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab bunday to'fonlar yiliga 90 kungacha cho'zilgan.
Mutaxassislar fikricha, Orol muammosi kelib chiqishiga quyidagi omillar asosiy sababchi bo'lgan:
- ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish strategiyasini noto'g'ri tanlangani. Bu omilning xudud tabiatiga, xo'jaligiga va ijtimoiy munosabatlariga uzluksiz cho'zilgan salbiy ta'siri;
tuproqning murakkab mexanik tarkibi gidrogeologik va geomorfologik sharoitlar xisobga olinmaganligi;
sug'orish va gidrotexnik inshoot tizimlarini loyqalash, qurish va ulardan foydalanish sifatining past darajadaligi;
- qabul qilingan sug'orish me'yorlarida tuproq; va qishloq xo'jalik o'simliklarining o'ziga xos ko'p xususiyatlari xisobga olinmaganligi va boshqa sabablar.
Ko'pgina korxona va ishlab chiqarish muassasalarining tabiiy xomashyolarining yetishmasligi natijasida ishsizlik, aholini past turmush darajasi kabi muammolar vujudga keldi.
Orol dengizining qurishi natijasida maxsuldorligi yiliga 45 ming tonnagacha ovlangan baliqchilik sanoati, tub aholining doimiy hayot manbai bo'lgan ovchilik va mo'ynachilik sohalari inqirozga uchradi.
Amudaryo qo'yi qismidagi o'simlik dunyosi siyraklashdi, ba'zi o'simlik turlari umuman yo'qolib ketdi, yoki yo'q bo'lish arafasiga kelib qoldi. Daryo qirg'oqbo'yi to'qayzorlari qisqarib ketdi, bu esa o'z navbatida hayvonot dunyosiga xam salbiy ta'sir o'tkazmoqda.
Noyob va kamayib borayotgan hayvon va o'simlik turlarini saqlash maqsadida 2006 yilda nashr etilgan Qizil kitobida o'simliklarning 305 turi (1983 yilda 163 turni, 2003 yilgi nashrda 301 tur) va hayvonlarning 184 turi (1984 yil 63 tur, 2003 yilgi nashrda 184 tur) kiritilgan.
Orolbo'yi mintaqasi endemik turlaridan kamyoblik darajasi 2 bo'lgan turlardan: Qoldiqtog‘ astragali (Astragal remanens Nabiev), Oqtog‘ chalovi (Stipa aktauensis Roshev), Mayda moviygul (Lappula parvula Nabiev et Zak), Yuraksimon torol (Lepidium subcordatum Botsch. et Vved.), Buze lolasi (Tulipa buhseana Boiss), So‘g‘d лоласи (Tulipa sogdiana Bunge), Qadahsimon sutlama (Euphorbia sclerocyathium Korov. et M.Pop.), Vvedenskiy oligoxetasi (Oligohaeta vvedenskyi Tscherneva), Bunge takasoqoli (Scorzonera bungle Krasch. Et Lipsch.), kamyoblik darajasi 3 bo'lgan O'zbekistonning shimolidagi relikt tur Xiva sho'ragi (Salsola chiwensis V. Pop.) O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Agar, 1970 yil Xorazm viloyatida sho'rlanmagan va kam sho'rlangan yerlar 86 foizini tashkil etgan bo'lsa, 1990 yilga kelib bu ko'rsatgich 69 foizga tushdi. Hozirgi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasining umumiy sho'rlangan yer maydoni 90 foizdan ko'proqni tashkil etmoqda. Orol dengizining qurigan tubidan shamol orqali atrof tabiiy muxitdagi o'simliklariga va ekin maydonlariga tushayotgan tuz changlar bunga asosiy sabab bo'lmoqda. Buning natijasida yerlarning sho'rlanishi haddan tashqari ko'tarilib o'simliklarni qurib nobud bo'lishiga olib keldi. Mintaqadagi bu sayyoraviy ekologik muammo esa mavjud Qiziliqum va Qoraqum o'rtasida yangi bir qumli "Orolqum" sahrosini paydo qildi. Amudaryo deltasiga tushayotgan daryo suvining tez sur'atlar bilan kamayishi va uning tarkibida kollektor-drenaj, sanoat chiqindilari bo'lmish har xil ximikatlar borligi bu hududda yerlarning ommaviy sho'rlanishiga, tuproqning, yer osti va ustki suv havzalarining ifloslanishiga, o'simlik dunyosiga va oqibatda qishloq xo'jaligi va chorvachilik mahsulotlarining sifat va miqdoriga o'z ta'sirini ko'rsatdi.
Orol va Orolbo'yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo'nalishlar ya'ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali axoliga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e'tibor qaratildi. Sog'liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko'tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirg'oqlarida sun'iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo'li bilan "Yashil kamar" hosil qilish; uchinchidan, dengizni o'zini saqlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko'p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko'chishi, chang ko'tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta'kidlandi.
Bo'zko'l, Oltinko'l, Qaratma bo'g‘ozlari yo'q bo'lib ketdi, Oqpetkin arxipelagi cho'lga aylandi, yaylovlar va pichanzorlar nobud bo'ldi.
I.A.Karimovning ta'kidlashicha: "Orol falokatini 70-yillar, hech bo'lmaganda 80-yillar boshlarida bartaraf etish osonroiq edi. U vaqtda dengiz satxi uncha pasaymagan edi. hozirda uni nazorat qilish qiyin, keyinchalik esa umuman mumkin bo'lmay qoladi".
Mavjud muammoni biron-bir davlat hal qil а olmaydi. Uni hal etishda ko'pgina davlatlarning hamkorligi, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Avvalo shuni ta'kidlash joizki, Orol dengizi muammolarini bartaraf etish masalasi o'z ko'lami jixatidan mazkur mintaqa davlatlari iqtisodiy imkoniyatlaridan yuqori turadi.
Respublikamizda Orol dengizi xavzasining ekologik xolatini sog'lomlashtirishning bir necha yilga mo'ljallangan aniq harakat dasturiga asosan Qoraqalpog'iston shaharlari, ko'pgina tuman markazlari, shuningdek, yirik qishloqlar ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlandi. Qolaversa, respublikada o'rmon xo'jaligini rivojlantirishga, ko'chma qumlarni mustahkamlash choralarini ko'rishga qarshi Orolning qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish uchun katta ahamiyat berilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 apreldagi 162-sonli "Orol bo'yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg'armasini tuzish h aqida"gi q аго ri qabul qilindi. Unga ko'ra Orol bo'yi atrof-muhitini va aholi sog'ligini mustahkamlash va ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumati, Qoraqalpog'iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi bilan BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamg'armasining ko'magi bilan "Amudaryoning quyi qismi Qoraqalpog'iston Respublikasida to'qay o'rmonlarini saqlab qolish va muhofaza qilinadigan hududlar tizimini mustahkamlash" bo'yicha o'rta miqyosli loyihasi ish olib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi tomonidan biologik xilma-xillikni saqlash, ko'chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish bo'yicha Konvensiya, xavfli chiqindilarni chegaralar orqali olib o'tish va ularni yo'q qilish bo'yicha nazorat haqidagi Bazel Konvensiyasi, ozon qatlamini muhofaza qilish haiqidagi Vena Konvensiyasi va ozon qatlamini buzuvchi moddalar haiqida protokol va unga tuzatishlar, yo'qolib borayotgan yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo qilish haqidagi Konvensiya bo'yicha belgilangan majburiyatlarini bajarmoqda. Jumladan, BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda va GEF ishtirokida bioxilma-xillikni muxofaza qilish va suvli-botqoq joylarda ularni qo'llash maqsadida aniqlash ishlari olib borilmoqda. Undan tashqari respublikamizda noyob jonivorlarni saqlab qolish bo'yicha katta loyihalar (xalqaro tabiatni muhofaza q ilish tashkilotlari ishtirokida) amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi bilan Germaniyaning O'zbekistondagi texnik hamkorlik jamiyatining loyihasi asosida Orolning qurigan tubida 2000-2006 yillarda 8000 ga maydonda saksovulzor barpo etish ishlari 30450 ga qilib bajarildi.
Orol mintaqasida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida Global ekologik fondi loyixasining 2003-2008 yillarda mo'ljallangan loyixasi asosida 10000 ga maydonda saksovulzor barpo etish belgilangan bo'lib, hozirgi kunda esa ushbu loyiha asosida 17211 ga maydonda saksovulzor barpo etish ishlari amalga oshirildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining o'rmon xo'jaliklari tomonidan Orolni qurigan tubida 2005 yilda 20678 ga, 2006 yilda – 14962 ga, 2007 yilda esa 16000 ga maydonda saksovulzorlar barpo etildi.
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo'lgan farzandlik burchidir.
|
| |
Алиханов Б.Б. , Франк Л.Г. - Государственный комитет Республики Узбекистан по охране природы
Аксенова Л.А ., Горелкин Н.Н. - Проект Правительства Республики Узбекистан/ Программы Развития ООН «Совершенствование и развитие базы данных экологических индикаторов с применением ГИС для мониторинга состояния окружающей среды Узбекистана» |
Экологические индикаторы для оценки воздействия Аральского кризиса
|
Экологический кризис бассейна Аральского моря - один из крупнейших примеров негативного воздействия на окружающую среду на планете, охвативший целый субрегион во второй половине ХХ века. Последствия кризиса Аральского моря для Центрально-азиатских государств определены международными экспертами как глобальная экологическая катастрофа ХХ века, масштабы возможных последствий которой сегодня ещё до конца не осознаны. Проблема экологического бедствия в бассейне Аральского моря носит глобальный характер, и ее решение не терпит отлагательства. Учитывая то, что экстремальная экологическая ситуация в Аральском регионе оказывает негативное воздействие на природную среду обитания и условия жизни миллионов жителей не только бассейна Аральского моря, но и других регионов нашей планеты. Ее последствия до сих пор остаются основным фактором, дестабилизирующим экологическую ситуацию в регионе. Важнейшими повседневными задачами является объективная оценка развития ситуации и реализация природоохранных проектов.
За последние 35-40 лет уровень Аральского моря понизился на 29 м, площадь акватории уменьшилась более чем в 5,8 раза, объем воды снизился с 1064 до менее 80 км 3 , соленость воды достигла в западной части 110-112 г/л., а в восточной котловине 280 г/л. Аральское море, практически, превратилось в безжизненный водоем. Площадь осушенного дна Аральского моря составляет более 4,0 млн. га.
В связи с этим интенсивность и частота распространения пыльных бурь с каждым годом увеличивается. На орошаемые земли низовьев рек Амударьи и Сырдарьи ежегодно выпадает более 80-100 млн. тонн соли, песка. В результате прогрессирует процесс опустынивания, сокращается видовой состав животного и растительного мира, ухудшается санитарная обстановка в Приаралье, увеличиваются инфекционные и др. заболевания, выводятся из севооборота орошаемые земли, снижается урожайность сельскохозяйственных культур и т.д.
При подготовке аналитических материалов о состоянии и охране окружающей среды в настоящее время используется широкий перечень экологических показателей. Национальный перечень, разработанный для Узбекистана включает 91 экологический индикатор, 68 из которых являются общепринятыми международными индикаторами, а 23 – отражают особенности экологического состояния страны. Индикатор окружающей среды (экологический индикатор) – это параметр или значение, описывающее состояние окружающей среды и его воздействие на человека, экосистемы и материалы, нагрузки на природную среду, движущие силы и ответное реагирование, управляющее этой системой. Индикатор создается в процессе выбора или агрегирования для того, чтобы люди могли управлять действиями. (Словарь Европейского Агентства по Окружающей среде).
На основании разработанных индикаторов проведен анализ современного состояния окружающей среды Приаралья на основе национальных экологических индикаторов.
Зона Приаралья с экологически неблагоприятной обстановкой охватывает Республику Каракалпакстан и Хорезмскую область. Регион характеризуется разнообразием ландшафтно-климатических зон, включающих плато Устюрт, Аральское море, современную и древние дельты Амударьи, пустыню Кызылкум. Встречаются отдельные горные поднятия, наибольший из них - Султануздаг.
Южное положение, удаленность от океанов в сочетании с особенностями подстилающих поверхностей формирует в регионе резко континентальный тип климата, характеризующийся значительными колебаниями температур воздуха, продолжительным сухим и жарким летом, влажной весной и неустойчивой зимой.
Данные мониторинга климата по территории Узбекистана показывают устойчивую тенденцию к потеплению, темпы которого превышают 0.2°С за десятилетие, что выше средних темпов потепления по северному полушарию более чем на 40%.
Вследствие потепления, а точнее изменения климата в регионе происходит деградация и сокращение площади снежно-ледовых ресурсов, питающих реки бассейна Аральского моря. Оценки гляциологов показывают, что к настоящему времени горное оледенение Средней Азии уже сократилось более чем на треть.
Потепление климата в глобальном масштабе ведет к интенсификации гидрологического цикла - увеличению испарения, выпадению большего количества осадков. В настоящее время в Узбекистане прослеживается слабая тенденция к увеличению осадков и более заметная тенденция к увеличению их изменчивости, что ведет к усилению сезонных засух. Отрицательно влияет процесс высыхания Арала на изменение климатических условий Приаралья. Ранее Арал выступал в роли своеобразного регулятора, смягчая холодные ветры, приходившие зимой из Сибири и, уменьшая, словно огромный кондиционер, силу жары в летние месяцы. С аридизацией климата лето в регионе стало более сухим и коротким, зимы - длинными и холодными.
Согласно оценкам климатической ситуации на 2035 -2050 гг температура воздуха в регионе может возрасти на 1,5-3 0 С Наибольшее повышение температуры воздуха ожидается на севере республики - в Приаралье
В формировании качественного и количественного состава атмосферного воздуха в Приаралье большую роль играют как природные, так и антропогенные источники загрязнения.
Приаралье расположено в аридной зоне, на территории которой находятся такие масштабные природные источники эмиссий аэрозолей в атмосферу, как пустыни Каракумы и Кызылкум с их частыми пыльными бурями, а также зона Приаралья с усохшей частью Аральского моря (Аралкум). В бассейне Аральского моря идет процесс двойного опустынивания. Один обусловлен высыханием Аральского моря, второй - искусственным заболачиванием слабо дренируемых земель. В результате в центре пояса великих пустынь образовалась еще одна - рукотворная пустыня Аралкум, опасность которой заключается в том, что она представляет собой сплошной солончак, состоящий из мелкодисперсных морских отложений и остатков минеральных отложений, вымытых с орошаемых полей. Морское дно, бывшее в естественном состоянии своеобразным опреснителем, теперь действует как искусственный антропогенный вулкан, выбрасывая в атмосферу огромные массы солей и мелкодисперсной пыли.
Ветровой перенос песка и соли с обсохшей части Аральского моря стал значительным негативным фактором воздействия на природную среду региона. Это определяет основные особенности загрязнения атмосферного воздуха. Анализ индикаторов состояния загрязнения атмосферного воздуха показывает, что в Приаралье состояние атмосферы определяется как выбросами загрязняющих веществ от стационарных и передвижных источников, так и поступлением аэрозолей с осушенного дна моря .
Водные ресурсы Приаралья являются важнейшим фактором, определяющим устойчивость экосистем в регионе. Большинство экологических индикаторов, характеризующих состояние водных ресурсов, констатируют снижение его регулирующего потенциала.
В силу своего географического положения устья и дельты рек первыми реагируют на меняющиеся воздействия в бассейне. Развитие орошаемого земледелия в бассейне Амударьи привело к снижению поступления воды к дельте в 4 раза по сравнению с естественным режимом. Амударья уже не доходит до Аральского моря. Сильно возросла минерализация воды, ухудшилось ее качество. Снижение количества и качества поверхностных вод стало причиной истощения пресных линз подземных вод. Часть эксплуатируемых ранее месторождений подземных вод перестали удовлетворять требованиям питьевого водоснабжения. Практически полностью лишились местных источников питьевого водоснабжения Республика Каракалпакстан, Хорезмская область.
Основным источником водных ресурсов в Республике Каракалпакстан является река Амударья. Для Республики Каракалпакстан наиболее сложный вопрос - практически полное использование ресурсов Амударьи в вышерасположенных регионах. Улучшение санитарно-экологического состояния низовья Приаралья находится в прямой зависимости от водности и качества поступающей воды по реке Амударья.
Водообеспечение Каракалпакии и Хорезма еще в большей степени, чем для выше расположенных территорий зависит от водности конкретных лет. Водопотребление в маловодные и многоводные годы отличается более чем в три раза .
Сокращение обводненности территории приводит к исчезновению на больших территориях гумидных форм ландшафта и образованию аридных. Особо неблагоприятные условия складываются в маловодные годы, когда пересыхает большинство мелководных озер и ветландов.
Поверхностные воды характеризуются повышенной минерализацией, загрязнены пестицидами, нефтепродуктами, фенолами. Индекс загрязнения воды (ИЗА) в среднем за год составляет 0,7-1,3. Особенно сложная обстановка складывается в маловодные периоды.
Река Амударья стала практически непригодной для организации питьевого водоснабжения из-за отсутствия систематических попусков пресной воды и сброса промывных вод с орошаемых земель с повышенной минерализацией, а также загрязнения пестицидами и минеральными удобрениями.
Ухудшение качества питьевой воды по минерализации, общей жесткости, сульфатам и хлоридам отмечается по всей территории Приаралья. Доля проб воды, не отвечающих санитарно-химическим нормативам, в водотоках по Республике Каракалпакстан составляет 55,9 %, в Хорезмской области - 60,8 %, а микробиологическим - 16,2 % и 2,7 % соответственно. Воды реки Амударья в створе теснины Тюямуюн характеризуются повышенной концентрацией нефтепродуктов, азота аммонийного, минерализацией, меди, альфа- и гамма ГХЦГ. В маловодные периоды минерализация воды превышает 1,5 г/л.
Крупные запасы пресных подземных вод в Каракалпакстане отсутствуют. Имеющиеся немногочисленные линзы с водой приемлемого качества гидравлически связаны с деятельностью ирригационных каналов и подчиняются их режиму, в связи с постоянным изменением режима они не могут быть устойчивым источником водоснабжения. Подземные воды глубокого залегания засолены и могут быть задействованы только при условии их опреснения. В этих условиях суммарный водозабор подземных вод незначительно превышает 70 тыс. м3/сут .
Ухудшение качества питьевой воды по минерализации, общей жесткости, сульфатам и хлоридам отмечается по всей территории Каракалпакстана. Загрязнение подземных вод по Нижне-Амударьинскому (Правобережному) и Каракалпакскому-Нижнеамударьинскому (Левобережному) месторождениям характеризуется минерализацией от 1,08 до 2,1 г/л и общей жесткостью от 7,6 до 21,5 мг-экв/л, содержание сульфатов составило от 510 до 660 мг/л, хлоридов – от 358 до 710 мг/л.
В пределах Хорезмской области имеется 2 месторождения подземных вод с 15 разведанными участками с утвержденными запасами подземных вод в объеме 338,79 тыс. м3/сут., из которых на 6 групповых водозаборах отбирается 2,15 тыс. м3/сут. воды для хозяйственно-питьевых нужд населения. В области имеется 599 скважин, из них по состоянию на 01.01.2006 года действовало 437, из которых 125 водопользователями было отобрано 39,421 тыс. м3/сутки вод, в том числе: 6,45тыс. м3/сутки - для хозяйственно-питьевых, 3,134 тыс. м3/сутки - для производственно-технических нужд, 29,81 тыс. м3/сутки - из скважин вертикального дренажа для понижения уровня грунтовых вод.
Происшедшие изменения природной среды Приаралья, в первую очередь, связаны с изменением гидрологического режима Амударьи. Это проблемы опустынивания территории, сокращение озер и ветландов дельты, снижение биопродуктивности ландшафтов и биоразнообразия. Первопричиной Аральского кризиса является сокращение стока Амударьи. В последние годы Амударья не каждый год доходит до Аральского моря. Площадь Арала продолжает сокращаться и растет соленость воды. Вода поступает в дельту плохого качества. Дренажные воды продолжают загрязнять реку. Происходит загрязнение подземных вод. Большинство месторождений подземных вод невозможно использовать для питьевого водоснабжения.
Главными особенностями почв в зоне возделывания сельскохозяйственных культур является небольшая мощность плодородного слоя (0,15–0,35 м), низкое содержание гумуса (0,5…0,8%), высокая карбонатность и загипсованность, наличие водорастворимых солей.
В Республике Каракалпакстан в общем фонде орошаемых земель, в основном, преобладают засоленные почвы, в том числе: слабозасоленные - 26,2%, среднезасоленные - 37,4%, сильно засоленные - 35,2%, очень сильно засоленные - 1,2%. Снизилось содержание гумуса - главного показателя плодородия земель.
На орошаемых землях значительные площади земель, вовлеченных в сельскохозяйственный оборот, характеризуются низким бонитетом. Средние по районам значения варьируют от 52 до 41, что значительно ниже других областей Узбекистана. Бонитет почв продолжает снижаться.
Использование пастбищ под не регулируемый выпас скота без учета их кормовой емкости приводит к дегрессии (потери кормовой емкости). Так, за период 1994-2004 годы по пастбищам Республики Каракалпакстан дигрессии были подвержены 1566,3 тыс.га. Анализ изменения экологических индикаторов по территории Узбекистана выявил продолжающуюся дегрессию пустынных пастбищ. Бессистемное увеличение необорудованных грунтовых дорог на плато Устюрт способствует механическому разрушению и деградации поверхностного слоя почв.
Объем воды в остаточных водоемах Аральского моря – один из ключевых индикаторов его состояния указывает на продолжающиеся сокращение запасов воды в море. В последние годы темпы снижения объемов воды в остаточных водоемах Аральского моря замедлились .
Усыхание Аральского моря отрицательно влияет на состояние растений в освоенной и пустынной зоне Приаралья и окружающих его территорий Кызылкумов Бухарской и Навоийской областей. Имеющиеся здесь саксаульники и другие растения постепенно деградируют. Усиливается опустынивание территории. Общая площадь подвижных песков республики достигла более 1 млн. га.
Одним из эффективных методов борьбы с опустыниванием и движущимися песками является создание ветландов и защитных лесных насаждений на осушенном дне Аральского моря. Восстановление ветландов - один из эффективных методов поддержки гумидных ландшафтов и рыбного промысла, что подтверждено совместным проектом Всемирного Банка, Международного Фонда Спасения Арала (МФСА) и Агентства ГЭФ/МФСА на озере Судочье. Лесопосадки на осушенном дне Аральского моря к 4-х летнему возрасту полностью останавливают выдувание песка, подъем вредных мельчайших частиц с поверхности земли, что способствует появлению естественного травянистого покрова, и создаются условия для образования пустынных пастбищ с организацией в перспективе животноводческих хозяйств. Площади лесопосадок характеризует индикатор ответных мер по стабилизации ситуации в Приаралье.
Сокращение Аральского моря и рост солености воды в нем стали причинами крупнейших экологических изменений. Из 20 видов рыб, представленных в бассейне в середине ХХ века, к концу 80-х годов в море сохранился один – аральская колюшка. В 90-е годы рыбное население западной котловины Большого моря было представлено лишь аклиматизантами – камбалой глосса, салакой, атериной, бычком-песочником. В настоящее время Аральское море практически потеряло свое рыбохозяйственное значение. Сократилось разнообразие видов зоопланктона и зообентоса. С ростом солености стал активно размножаться рачок артемии. Он питается одноклеточными водорослями и выдерживает соленость 100-500 г/л. С дальнейшим ростом солености воды Арал может быть использован как крупнейший водоемом - поставщик артемии.
Проблемы окружающей среды в регионе, связанные с Аральским кризисом, сложны и многообразны. Деградация крупных водоемов и связанные с этим проблемы устойчивого развития, изменения климата, опустынивания, борьбы с бедностью, обеспечение населения безопасной водой и продуктами питания, усилия по сохранения здоровья населения – это проблемы охватывающие все большие регионы мира. Деградация Аральского моря, усыхание озера Чад, продолжающееся падение уровня Мертвого моря -лишь крупнейшие из них. Опыт реализуемых работ по стабилизации экологической ситуации в бассейне Аральского моря уникален и может быть полезен для многих аридных регионов мира. В то же время работы по локализации и снижению негативных последствий Аральского кризиса на региональные и глобальные экологические процессы можно успешно реализовать только всем вместе с учетом мирового опыта.
|
| |
| |
|