«Ekologiya xabarnomasi» jurnaliga obuna davom etmoqda. Obuna nashrimiz: 910
Bosh sahifa Yangiliklar Jurnal Nashriyot Ko'rsatgichlar [ uz | eng | ru ]
Ko'rik tanlovlar Foto-galereya Bolalar sahifasi Qonunchilik hujjatlari Sayt xaritasi
Anons
O'tmish
Tabiat ijodkor nigohida
Teskari muloqot
 
 

 

¹1 ¹2 ¹3 ¹4 ¹5 ¹6 ¹7 ¹8 ¹9

TAHRIRIYAT KENGASHI

B.B. ALIXONOV
(bosh muharrir)
G'. ALIEV
T. KARIMOV
O. ASHURMETOV
N. MAVLONOV
B. TOSHMUHAMMEDOV
V. CHUB
TAHRIRIYAT

Murod Nasirov
Jasur Azimov
Farruh Inagamov
Natalya Shivaldova
Andrey Bogomolov
Vasiliy Burtsev
Leonid Kudreyko
Eleonora Dubovik
Mevide Ayedinova

Ekologiya xabarnomasi
Ýêîëîãè÷åñêèé âåñòíèê
Ecological Herald of Uzbekistan
¹6
2007
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining axborot-tahliliy va ilmiy-amaliy jurnali
Èíôîðìàöèîííî-àíàëèòè÷åñêèé è íàó÷íî-ïðàêòè÷åñêèé æóðíàë Ãîñêîìïðèðîäû Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí
Mundarija        Ñîäåðæàíèå
Muhim sana| Çíàìåíàòåëüíàÿ äàòà
 
2

Yangiliklar | Íîâîñòè

3

A . Kobzev
G ' oliblik shoxsupasida - Eko - energiya markazi

4

Amaldagi loyiha
Ïðîåêò - â äåéñòâèè
Project in action

 
5
17

"The Concept of ecological tourism development in Uzbekistan"

27
Bolalar jurnali | Äåòñêèé æóðíàë
Yosh ekolog | Þíûé ýêîëîã

Dolzarb mavzu | Àêòóàëüíàÿ òåìà
 

Ì . Mamanazarov
"Somon yoqilishiga barham beraylik

38
Tabiat og'ushida |Áåç ðóæüÿ
 

Êîäåêñ ýêî ïóòåøåñòâåííèêà

40

Hayot tarzi|Îáðàç æèçíè

 

ÀËÔÀÂÈÒ ÂÑÅÌÈÐÍÎÃÎ ÄÍß ÎÊÐÓÆÀ­ ÞÙÅÉ ÑÐÅÄÛ

41

Veb - sahifa |Âåá - ñàéò

 
"Ekologiya xabarnomasi" jurnali tahririryati
Tabiatni asrang!

"Ekologiya xabarnomasi" jurnalining navbatdagi bayramona soni 5 iyunga bag'ishlangan. Bu kunni insoniyat Butunjahon atrof muhit kuni sifatida nishonlaydi. Atrof muhitning bugungi holati va uni muhofaza qilish muammosi juda dolzarb ekanligi hammaga ma'lum. "Iqtisodiyot asri" deb nom olgan o'tgan asrdan farqli ravishda joriy XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan "atrof muhit asri" deb nomlanganligi ham insonlar ongida ekologik qadriyatlarning qanchalik o'sganligidan dalolat beradi. Ya'ni iqtisodiyotni, madaniyat va ta'limni ekologiya belgilaydi. Resurslarni tejaydigan texnologiyalar, energiyaning muqobil turlari va umuman, atrof muhitni muhofaza qilish g'oyasini qamrab olgan mavzularga asosiy e'tibor qaratiladi. Jurnalimiz sahifalarida ushbu barcha mavzularni yoritishga qarakat qilamiz. Ekologik turizm barqaror tabiatdan foydalanishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Bu iqtisodiyot va ekologiya o'zaro munosabatlarining yorqin misolidir. Axir ekoturizm asosida ekologik barqaror muhitni saqlash va sayohat uyushtirilgan joylarni barqaror rivojlantirish tamoyillari yotadi.

Mushtariylarga taklif etayotgan jurnalimizning maxsus soni ham ekologik turizm mavzusiga bag'ishlangan. Ushbu mavzu istiqbolli bo‘lganligi uchun unga katta e'tibor berilmoqda. Bu ko'p qirrali va dolzarb mavzu. Uni organish va to'g'ri anglash darkor. Oqilona tashkil qilingan ekoturizm tabiiy hududlar go'zalligi bilan tanishish, bunda ularga zarar yetkazmaslik, atrof muhitga "yumshoq" va nazorat ostida ta'sir qilish, mahalliy aholi tomonidan faol ijtimoiy-iqtisodiy ishtirok etish va bu faoliyatdan samara ko'rish imkonini beradi. Sayohatlar mahalliy an'analar va o'ziga xos milliy madaniyat bilan olib boriladi, bevosita jonli tabiat bilan tanishishga asoslanadi, bu esa bizni qamrab turgan tabiatni to'g'ri tushunish, uning noyob go'zalligi, zaifligi va himoyasizligini ko'rish imkonini yaratadi.

Ushbu tasvirlashga til ojiz boylikni kelajak avlodga saqlab qolish bizning umumiy vazifamizdir. 5 iyun bayrami esa buni yana bir bor eslash uchun sabab bo'ladi.

A. Kobzev,
CARNettarmog'i koordinatori
G'oliblik shoxsupasida - Eko-energiya markazi

Mintaqaviy baholash kengashi (MBK) CARNet tarmog'ining davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar, mahalliy jamoalar va fuqarolar guruhi tomonidan amalga oshirilgan barqaror taraqqiyot sohasidagi samarali faoliyatning eng yaxshi namunalarini to'plash va ommalashtirishga qaratilgan « Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqaror taraqqiyot sohasidagi eng yaxshi amaliyotchilar » mavzuidagi Ko'rik tanlov g'oliblarini aniqladi. Umum hisobda 30ta taqdim etilgan ishlar muvaffaqiyatli deb tan olindi va « Eng yaxshi amaliyot » nomini oldi.

Quyidagi nominasiyalar bo'yicha O'zbekiston ishtirokchilari g'olib deb topildilar:

  1. o'rin: « Ekologik toza texnologiyani o'zlashtirish va qishloq uchun maishiy va qishloq xo'jaligi chiqindilari asosida qurish materiallarni ishlab chiqarish bo'yicha mini-sex tashkil etish » - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining « Eko-energiya » llmiy-amaliy markazi.
  2. o'rin: «Qoraqalpog'iston aholisi uchun toza energiya» - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining « Eko-energiya » llmiy-amaliy markazi.
  3. o'rin: « Suv devorini qurish orqali tog' hududlarining mahaliy jamoalari barqaror taraqqiyotini ta'minlash va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha davlat dasturini amalga oshirishda jamoatchilikning ishtirokini kuchaytirish » - « Armon » Ekologik huquq bo'yicha Xotin-qizlar markazi.

Maxsus mamlakat nominasiyasi « QAYTATIKLANUVChl ENERGIYa MANBALARI » : « O'zbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi « Jayron » EkoMarkazida fotoelektrik stansiyalar va quyosh suv isitgichlaridan foydalanish » - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining « Eko-energiya » llmiy-amaliy markazi;

  • Maxsus mamlakat nominasiyasi « Mahalliy jamoalarni jalb etish » - Toshkent viloyati, Parkent tumani. Nevich va Navdak poselkalarining fuqarolar guruhi;
  • « Shahar yashash punktidagi mahalla hududida maishiy qattiq chiqindilarni selektiv yig'ish bo'yicha maxsus maydoncha qurish » - « Armon » Ekologik huquq bo'yicha Xotin-qizlar markazi.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT
QO'MITASI DAVLAT BIONAZORATI
«O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi»

« Go'zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g'oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog'// hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo'nalishi - yirik qo'riqxonalar va bog'lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda.

Turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, yangi mehmonxonalar qurildi, yangi sayyohlik yo'nalishlari tashkil etildi. Respublikada 168 ta mehmonxona ishlab turibdi. Bugungi kunda O'zbekiston turizm bozorida 408 ta operator ish olib bormoqda va ular xalqaro sayyohlar uchun keng ko'lamlixizmatlarni taklif etishga tayyor » ."

O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov


Muqaddima

Ekologik turizm o'tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon turizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Hozirgi kunga kelib esa jahonda ekologik turizm jadal sur'atlarda rivpjlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biriga aylandi.

O'zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi, nafaqat ma'naviy ilm-fan, madaniyat, ma'rifat, tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni ona tabiatimizga jalb etish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy masalalarni - mahalliy xalqning ijtimoiy sharoitini yaxshilash, ularni yangi ish joylari bilan ta'minlash, hamda Vatanimizning iqtisodiyotini o'sishiga katta hissa qo'shadi.

O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida, ekoturizmning rivojlanishi uchun qulay bo'lgan transport arealida joylashgan bo'lib, turli xildagi transport hamda kommunikasiya aloqa yo'llari bilan bog'langandir.

Mamlakatimizda nafaqat dunyoga mashhur va xorijiy sayohatchilarni jalb qiluvchi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklar, balki shu bilan birga, ekoturizm bilan bog'liq bo'lgan betakror go'zal tabiat, landshaftlar (sahro, cho'l-adirlar, tog'lar, past-tekisliklar), xilma-xil noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlar, kam uchraydigan geologik yotqiziqlar, tabiiy yodgorliklar mavjud.

Yuqorida qayd etilgan turizm ko'rsatkichlari bo'yicha O'zbekiston o'zining xalqaro turizm salohiyatiga ko'ra jahonda oldingi o'rinlarni egallaydi. Biroq, amalda O'zbekistonda bu salohiyat va imkoniyatlardan to'la-to'kis foydalanish omillari mukammal ishlab chiqilmaganligi natijasida mamlakatimizda turistlarni qabul qilish salohiyatiga nisbatan amaldagi ularning kelib-ketishi uch baravar kamdir. Shu sababli, O'zbekiston Yalpi Milliy Daromadiga turizm infratuzilmasi xizmatining hissasi deyarli yo'q darajadadir. Oxirgi yillarda ekologik turizmni taraqqiy ettirish uchun dastlabki qadamlar tashlandi va uni O'zbekistonda asta-sekin rivojlantirish tendensiyalari kuzatilmokda.

Bizning fikrimizcha, O'zbekistonda ekologik turizmning rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri - muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, hamda milliy tabiiy bog'larimizda ekoturistlar uchun eng muhim bo'lgan, yovvoyi tabiat qo'ynida Markaziy Osiyoda kamyob hayvonlarning erkinlikda yuzlab, minglab yashashi uchun yetarli darajada shart-sharoitlar, infratuzilmaning, hamda moddiy-texnika bazasining yaratilmaganligidadir. Jahon talablariga javob bera oladigan yangi milliy tabiiy bog'larni yaratish uchun birinchi navbatda ekoturizmni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ekoturizmning O'zbekistondagi salohiyat ko'rsatkichlari, maqsadi, tashkiliy-huquqiy, ekologik ta'lim-tarbiya va ijtimoiy-iqtisodiy xizmat va servis sohasini rivojlantirish masalalari bo'yicha omillar ishlab chiqilmagan.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 aprelda « O'zbekiston Respublikasi 2006-2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida » gi 325-sonli qarori chiqdi. Mazkur qarorni amalga tadbiq qilish hamda ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi « O'zbekiston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari » ni ishlab chiqdi.

Ushbu Konsepsiyada Vatanimizda ekoturizmni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ekoturizmning O'zbekistondagi salohiyati, maqsadi, tashkiliy-huquqiy masalalari, ekologik ta'lim-tarbiya va ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bo'yicha omillar yoritib berilgan.

Mazkur omillar amalga oshirilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi ham jahondagi ekologik turizmi taraqqiy etgan mamlakatlar qatorida o'z o'rnini egallashiga ishonchimiz komil.

I. O'ZBEKISTONDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYASI

1.1. Masalaning dolbzarbligi va uni amalga oshirishning umumiy qoidalari

Mavzuning dolbzarbligi. Hozirgi kunda dunyoda jadal sur'atlarda rivojlanib borayotgan iqtisodiyot sohalaridan biri turizm hisoblanadi. Butun jahon turistik tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, 2000 yilda turizm sanoatida 200 mln. dan ortiq ishchi xizmat qildi va undan olingan daromad 469 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Ekoturizm tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini to'la-to'kis amalga oshirishga katta hissa qo'shadi, hamda sezilarli moliyaviy ko'mak beradi. Zamonamizda turizm oqimi rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga tomon o'zgarmokda. Bu o'rinda turistik bozoming deyarli yarmini qamrab olgan Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va O'rta sharq hamda G'arbiy Afrika mintaqalaridagi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Rivojlanib borayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshirilmoqda. Ekspertlarning ma'lumotlariga qaraganda ekoturizm sayyohlik bozorining 10 -20 % qamrab olgan, o'sish sur'ati esa umumiy turizm industriyasining o'sish sur'atidan 2-3 marotaba oshib ketgan. Ayni paytda, jahon turizmi sanoatida xalqaro turizmdan tushgan daromad avtomobil, neft gaz ishlab chiqarish sanoatidan keyin 3 - o'rinni egallaydi, po'lat quyish elektronika, qishloq xo'jaligi sanoatlaridan esa ustun turadi.

Ekoturizmning O'zbekistondagi salohiyati. Vatanimizda, nafaqat dunyoga mashhur, chet el sayyohlarini jalb qiluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi qadimiy shaharlar, tarixiy yodgorliklar, balki shu bilan birga, ekoturizm bilan bog'liq, betakror go'zal tabiati, landshaftlar (sahro, cho'l - adirlar, tog'lar, past tekisliklar), xilma-xil noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, nodir, dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan arxeologik topilmalar, paleontologik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesmlar, 800 dan ortiq tabiiy yodgorliklar mavjud.

O'zbekiston 38 mln. gektardan ortiq bo'lgan ovchilik - baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1,0 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi - ko'llar, daryolar, suv omborlari. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o'txo'r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 baliq turlariga ega. Ulardan O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga o'txo'r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma'lumotlariga qaraganda, O'zbekistonda hozirgi kunda 4100 dan ortiq o'simlik turlari mavjud. Ulardan 3000 dan ortiq turlari oliy yovvoyi o'suvchi o'simliklar, ulardan 9 % endemiklardir.

O'zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km 2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo'riqxonasi, 6061 km maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog' va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko'paytirish Respublika markazi (Jayron « Ekomarkazi » ), 12186 km 2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20520 kv.km, yoki O'zbekiston hududining 5,2 % tashkil etadi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida ekoturizmning rivojlanishi uchun qulay transport-geografik arealda joylashgan, rivojlangan turli xildagi transport hamda transport kommunikasiya aloqa yo'llari bilan bog'langan bo'lib, o'zining halqaro turizm salohiyati bo'yichajahonda oldingi o'rinlami egallaydi.

Yuqorida qayd etilgan turistik ko'rsatgichlar Vatanimizda ekoturizm imkoniyatlari nihoyatda katta hamda salohiyati buyicha jahon ekoturizm industriyasida yuqori o'rinlarni egallasada, lekin amalda O'zbekistonda bu salohiyat va imkoniyatlardan tola - to'kis foydalanish uchun chora va tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilgan emas.

Bunga misol tariqasida, Jahon Turistik Tashkiloti (JTT) ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonga 2005 yilda 262 ming turistlar kelib ketgan, vaholanki O'zbekiston turistik resurslari haryili 1 mln.dan ortiq turistlarni qabul qilish imkoniyatiga egadir.

« O'zbekturizm » Milliy Kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, 2005 yilda turistik xizmatning hissasi O'zbekiston Yalpi Milliy Mahsulotining (YaMM) boryo'g'i 0,6 % tashkil etdi.

O'zbekistonda ekologik turizmning rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi asosiy omillaridan biri, bizning fikrimizcha, birinchi navbatda muhofaza qilinadigangan tabiiy hududlar hamda milliy tabiiy bog'larimizda ekoturistlar uchun eng muhim bo'lgan, yovvoyi tabiat qo'ynida Markaziy Osiyoda kamyob hayvonlarning erkinlikda yashash faoliyatini, ekzotik singari yetarli darajada infratuzilma, shart - sharoitlar, hamda moddiy-texnik bazasining yaratilmaganligidadir.

Shu sababli, 2006 yildan boshlab ushbu sektorni rivojlantirish uchun dastlabki qadamlar tashlandi va ekoturizmni O'zbekistonda asta-sekin rivojlantirish tendensiyalari kuzatilmoqda.

Jumladan, Prezidentimiz Vatanimizning turistik salohiyatini, imkoniyatlarini nihoyatda kattaligini hisobga olib, 2006 yil 17 aprel "O'zbekiston Respublikasi 2006-2010 yillarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 325- sonli qarori chiqdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasiga Davlat tashrifi arafasida shu mamlakatning markaziy nashrlaridan biri "TODAY" ("Bugun") gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida O'zbekistonda ekologik turizmning katta salohiyatga ega ekanligini ta'kidlagan holda, bu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilami keltiradilar: "Go'zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublika hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g'oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog'li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo'nalishi - yirik qo'riqxonalar va bog'lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda.

Shuni ham unutmaslik kerakki, O'zbekiston azaldan xalq hunarmandchiligi bilan mashhur bo'lib kelgan. Hozirgi vaqtda respublikada xalq hunarmandchiligi asosida esdalik buyumlari ishlab chiqaruvchi 500 ga yaqin korxona mavjud. Ular chinni va sopol buyumlar, pichoqlar, sopol o'yinchoqlar, zardo'zi mahsulotlar, gilam va boshqa buyumlar ishlab chiqarmoqda.

Turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, yangi mehmonxonalar qurildi, yangi sayyohlik yo'nalishlari tashkil etildi. Respublikada 168 ta mehmonxona ishlab turibdi. Bugungi kunda O'zbekiston turizm bozorida 408 ta operator ish olib bormoqda va ular xalqaro sayyohlar uchun keng ko'lamli xizmatlarni taklif etishga tayyor." ("Xalq so'zi" gazetasi, Toshkent, 2007 yil 26 yanvar, Ns19).

Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun tabiatdan turistik yo'nalishda oqilona foydalanish. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish quyidagi vazifalarni bajarishni talab etiladi:

  • ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish ;
  • ekoturistik fan, ta'lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
  • aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o'stirish;
  • ekoturizm yo'nalishidagi ta'lim va tarbiyani yo'lga qo'yish;
  • ekoturizm orqali, mahalliy aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etish;
  • ekoturizm bo'yicha mutaxassislami tayyorlash va qayta tayyorlash;
  • ekoturistik ob'ektlarni har tomonlama baholash va ulami kadastrini olib borish;
  • ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo'lga qo'yish;
  • milliy davlat hududini ekoturizm bo'yicha rayonlashtirib chiqish;
  • ekoturizm bilan shug'ullanuvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan maxsus turdagi sub'ektlar faoliyatini yo'lga qo'yish va ularni huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilash;
  • davlatlarning va xalqaro hamjamiyatning ekoturizmga old taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish ;
  • ekoturizmga old ijobiy harakatlarni rag'batlantiruvchi omillarini yaratish;
  • biologikxilma-xillikni saqlash va x.k.

Mazkur vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik prinsip, ya'ni ekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo'naltirilgan qoidalarga rioya qilish darker:

  • ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalarining ustivorligi;
  • ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan uzviy bog'langanligi;
  • turizm va servis sohasi yo'nalishidagi barcha ta'lim muassasalarida ekoturistik o'quvi kiritilishining maqsadga muvofiqligi;
  • mahalliy aholining ekologik ongi va madaniyatini o'stirishda ekoturizmni jalb qilish zaruriyati;
  • tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini ekoturistik marshrutlarda aks ettirish;
  • davlat, jamiyat, mahalliy boshqaruv idoralarining ekologik turizmdan manfaatdorligi;
  • ekoturizmda ekologik ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi;
  • ekoturizmda milliy g'urur va iftihorni shakllantirishning zarurligi.

1.2. Ekoturizmning tashkiliy-huquqiy masalalari

1.2.1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida 2007-2015 yillar davomida ekoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari davlat dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni yoki Farmoyishi, hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorini qabul qilish. Dasturda mamlakatimizda ekoturizmni bosqichma-bosqich rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilab berish, moddiy-moliyaviy asosini ko'rsatish, amaliy ishlarni bajarish muddatlarini aniqlab berish.

1.2.2. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va "O'zbekturizm Milliy kompaniyasi" huzurida ekoturizm bo'yicha maxsus bo'linmalarni tashkil etish va ularning nizomlarini ishlab chiqish.

1.2.3. Ekoturistik xizmat ko'rsatishning turli mulk shakllarini kengaytirish va unda tadbirkorlik faoliyatini qo'llab- quvvatlash.

1.2.4. Ekoturizm bilan shug'ullanuvchi shaxslarni imtiyozli kreditlash, soliqqa tortish, bojxona to'lovlarini amalga oshirish masalalarini zamon talabiga moslashtirish.

1.2.5. Ekoturizmga old me'yoriy-huquqiy tizimni atroflicha chuqur tahlil qilish, ularni takomillashtirish, tegishli qo'shimchalar hamda o'zgartirishlar kiritish. Ekoturizmning huquqiy mexanizmini yaratish.

1.2.6.Ekoturizm bilan shug'ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga: namunaviy loyiha va biznes rejalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika, axborot-tahliliy, tezkor xizmat ko'rsatish bazasini yaratish.

1.2.7.Respublikada mintaqaviy, milliy, mahalliy va xalqaro "Ekoturistik jamg'armalarni" tashkil etish.

1.3. Ekoturistik fan, ta'lim, tarbiya va targ'ibot

1.3.1. Reklama maqsadida (vaqtni boy bermay) ekoturizm to'g'risida broshyura, buklet, pamflet, varaqa va shu
kabilarni yetarli adadda chop etish;

1.3.2. Ekoturizmga old ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish uchun fundamental, amaliy va innovasion loyihalar bo'yicha davlat grantlarini ajratish hamda tanlovlarni o'tkazish;

1.3.3. Ekoturizm yo'nalishidagi ilmiy ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi qoshida Ilmiy amaliy Markazni tashkil etish;

1.3.4. Ekoturizm yo'nalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya Komissiyasining Ixtisoslashgan Kengashlari tarkibida maxsus shifrlarni (masalan: "Ekoturistik boshqaruv va biznes", "Ekoturizm iqtisodiyoti" kabi mutaxassisliklarni) tarkib toptirish masalalarini ko'rib chiqish;

1.3.5. "Ekoturistik xizmat", "Ekoturistik marketing va menejment", "Ekoturizm gidi" kabi mutaxassisliklar bo'yicha o'rta bo'g'indagi kasb-hunar ta'limidagi bakalavr, magistr, aspirantura va doktorantura, ya'ni tegishli yo'nalishdagi kadrlar tayyorlashning uzviyligini ta'minlash;

1.3.6. Ekoturizm bo'yicha davlat ta'lim standartlari, namunaviy o'quv dasturlari va rejalarini ishlab chiqish, o'quv, o'quv-metodik adabiyotlarni yaratish;

1.3.7. Ekoturizm bo'yicha kadrlarni malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'limini yo'lga qo'yish;

1.3.8. Aholining ekoturistik ongi va madaniyatini o'stirish uchun ommaviy axborot vositalarida ekoturizmga bag'ishlangan maxsus rukn va turkumlarni tashkil etish, konkurslar, viktorinalar va hattoki, lotareya o'yinlarini o'tkazish;

1.3.9. Ekoturizmga bag'ishlangan ilmiy-ommabop, ommabop nashrlarni (karta, buklet, atlas, taqvim, SD, DVD disklarini) chop etish. Internetda davlatning axborot almashuv va tarqatuv saytlarini tashkil etish.

1.3.10.  Ekoturistik infratuzilmani shakllantirish.

1.3.11.  Ekoturizm orqali yoshlarimizda milliy g'oya va iftixorni tarannum etish.

1.4. Ekoturizmning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari

1.4.1. Ekoturizm obyektlarida aholini ish bilan ta'minlash, ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini hal qilish;

1.4.2. Ekoturizm qadamjoylarida kichik va o'rta biznesni rivojlantirish orqali qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, turistik infratuzilmani hosil qilish;

1.4.3. Ekoturizmning jahon talablariga javob bera oladigan moddiy- texnik, axborot-tahliliy bazasini yaratish, xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish lozim;

1.4.4. Ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi (yoritish, TV, radio, aloqa va h.k.) va issiq suv bilan ta'minlash maqsadida ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari yordamida foydalanishni keng yo'lga qo'yish lozim.

II. O'zbekistonda ekologik turizmning rivojlanishi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari

2.1. Ekoturizm va uning jahon mamlakatlarida tutgan o'rni

Ekoturizmga berilgan ta'rifga yana bir karra to'xtaladigan bo'lsak, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMKXI) - "Ekologik turizm yoki ekoturizm - tabiat muhitga nisbatan mas'uliyat bilan sayohat qilish, tabiat hududlariga ziyon yetkazmagan holda o'rganish, hamda tabiatning betakror jalb etuvchi joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza qilishga qo'maklashadi, atrof-muhitga "yumshoq" ta'sir etadi, mahalliy xalqning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini ta'minlaydi"- deb hisoblaydi.

Turizm jamiyati (TJ) - "Tabiiy hududlarga mas'uliyat bilan sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta'minlaydi va mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi".

Yovvoyi tabiat umumjahon jamg'armasi (YoTUJ) - "Ekoturizm - nisbatan tabiatga ziyon yetkazilmagan hududlarga sayohat, madaniy - etnografik hususiyatlari haqida tasavvur olish maqsadida, ekoturizmning butunligini buzmagan holda, shunday iqtisodiy sharoitlar yaratadiki, unda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslar mahalliy xalqqa foyda keltiradi".

Bizning fikrimizcha, ekoturizm deganda, nafaqat ma'rifiy-ma'naviy maqsadlarni ko'zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o'simlik dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog'liq majmualaryig'indisini tushunamiz.

Bu o'rinda biz ekoturizm ma'rifiy-ma'naviy maqsadlari tushunchasi ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, uning noyob o'simlik va hayvonot dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontologik qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog'liq majmualar kiradi. Ekoturizmning ijtimoiy - iqtisodiy maqsadlari esa tabiiy hududlarning ekologik muammolarini hal qilish, tabiatni asrash, o'simlik va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish maqsadida yangi muhofaza etiladigan hududlar, milliy tabiiy bog'lar, parvarishxonalar barpo etish, mahalliy xalqni yangi ish joylari bilan ta'minlash natijasida ularning turmush sharoitini yaxshilashdan, mahalliy va chet el investorlarini jalb etish orqali davlat valyuta xazinasini boyitish kiradi.

G'arb mamlakatlarida ekoturizmga iqtisodiy toifa jihatidan qaraladi, chunki chet elda jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizmni iqtisodiy foyda keltiruvchi turizmning eng istiqbolli turlaridan biri hisoblanadi.

Ekspertlarning ta'kidlashlariga ko'ra, ekoturistlar ko'pincha o'rta yoki o'rtadan yuqori sarmoyaga ega bo'lgan, har tomonlama ta'minlagan sayohatchilardan iborat. Sayyoramizda inson faoliyati tegmagan yovvoyi tabiat juda kam qolganligi sababli, odatda bunday hududlarga sayohat qilish cheklangan, hamda ularga sayohat haqi ham yetarli darajada qimmat.

Shu sababli, ekoturizmdan kishi boshidan olingan daromad, umumiy turizm, va xalqaro turizmdan tushgan daromadlardan bir necha marotaba ko'pdir.

Ekoturizm qo'yilgan maqsadga muvofiq asosan quyidagi tarmoqlarga bo'linadi:

1. Inson foaliyati natijasida nisbatan ziyon yetkazilmagan yovvoyi tabiatga sayohat (piyoda, otlarda, tuyalarda, avtomobilda sayohat).
2. Noyob hayvonot va o'simlik dunyosi bilan tanishish.
3. Kino va foto tasvirlar olish.
4. Ekosafari (ov va baliq ovlash).
5. llmiy ekskursiyalar (botanik, zoologik, geologik, etologo-etnografik, arxeologik, geomorfologik, ekologik-madaniy).
6. Sport (albpinizm, spalelogiya, rafting, treking)
7. Agro - turizm (qishloq xalqining turmushi, urf-odati bilan yaqindan tanishish).

Hozirgi kunda, ekoturizm Turizm va ekskursiya qilish jahon kengashining (VVTTC) va Jahon turistik tashkiloti (VVTO) ma'lumotlariga ko'ra, jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan turistik industriyalardan biri hisoblanadi.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, hozirgi kunda turizm industriyasida ekoturizm tarmog'iga kiruvchi tabiiy va sarguzasht turizm tarmog'i jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda.

BMT va VVTO ning ma'lumotlariga ko'ra, 2000 yilda halqaro turizmdan tushgan daromad 154 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Agar bunga ichki turizmdan tushgan daromadni qo'shsak, unda ushbu daromad 5-6 marotabaga oshib ketadi.

Jadval ¹1

Mamlakatlar reytingi

Jadval ¹2

 

Masalan, Kanada davlatida yovvoyi tabiatga sayohat turizmining umumiy hajmi ichki turizmdan tushgan daromadning 25% tashkil etadi. Kanada hukumati, faqatgina ekoturizmdan tushgan soliq hisobidan haryili 1,7 mlrd. AQSh dollarida foyda oladi. Bu esa, hukumat tomonidan yovvoyi tabiatni muhofaza qilish dasturiga ajratilgan mablag'dan (300 mln. dollar) 5 barobar ko'pdir. Shunday qilib, ekoturizm tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga katta hissa ko'shadi, hamda ularni to'la-to'kis o'tkazishga sezilarli moliyaviy ko'mak beradi.

BMT va VVTO tashkilotlari ma'lumotlariga binoan, oxirgi 20 yil ichida endi rivojlanib borayotgan mamlakatlarda turistlar soni sezilarli darajada ko'payib va undan olingan daromadlar yildan-yilga o'sib bormoqda. Masalan, har yili ekoturizmdan kichik davlatlar Keniya -1400, Ekvador-1180, Kosta-Rika - 1140, Nepal -1550 mln. AQSh dollarida daromad oladilar. Shuni aytish joizki, ushbu mamlakatlarning ekoturizmdan olgan daromadi davlat ichki yalpi mahsulotining 70-80 % tashkil etadi.

Jahon turistik tashkilotining 2004 yil 24 iyunb ma'lumotlariga ko'ra, jahon mamlakatlarida turizmning rivojlanishi (Jadval Na1) va undan olingan daromadlar hajmi (Jadval N ° 2) buyicha mamlakatlar reytingi quyidagi jadvallarda berilgan.

2.2 Ekoturizmning O'zbekistondagi salohiyati va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari

Vatanimizda, nafaqat dunyoga mashhur xorijiy sayyohlarni jalb qiluvchi Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz kabi shaharlar, qadimgi me'moriy yodgorliklar, balki shu bilan birga, ekoturizm bilan bog'liq, betakror go'zal tabiati, landshafti (sahro, cho'l - adirlar, tog'lar, past tekisliklar), xilma-xil noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, nodir, jahon ahamiyatiga ega bo'lgan arxeologik topilmalari, paleontologik qoldiqlar, dunyoda kam uchraydigan geologik kesmlari, 8000 dan ortiq tabiiy yodgorliklari mavjud.

O'zbekiston 38 mln. gektardan ortiq bo'lgan ovchilik - baliqchilik yer maydonlariga ega, ulardan 1,0 mln. gektarini suv fondi tashkil etadi - ko'llar, daryolar, suv omborlari. Respublikamiz faunasi 97 turdagi o'txo'r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 baliq turlariga ega. Ulardan O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga o'txo'r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma'lumotlariga qaraganda, O'zbekistonda hozirgi kunda 4100 dan ortiq o'simlik turlari mavjud. Ulardan 3000 dan ortiq turlari oliy yovvoyi o'suvchi o'simliklar, ulardan 9 % endemiklardir.

O'zbekiston hududining muhofaza etilayotgan tabiiy hududlar tarkibida 2164 km2 maydonni tashkil etgan 9 ta davlat qo'riqxonasi, 6061 km2 maydonni tashkil etgan 2 ta milliy bog' va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko'paytirish Respublika markazi ("Jayron" Ekomarkazi), 12186 km2 maydonni tashkil etgan 11 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud (Jadval Ne3).


Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20520 km 2, yoki O'zbekiston hududining 5,2 % ini tashkil etadi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida ekoturizmning rivojlanishi uchun qulay transport-geografik arealda joylashgan, rivpjlangan turli xildagi transport hamda transport kommunikasiya aloqa yo'llari bilan bog'langan bo'lib, o'zining halqaro turizm salohiyati bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egallaydi.

Yuqorida qayd etilgan turistik ko'rsatgichlar Vatanimizda ekoturizm imkoniyatlari nihoyatda katta hamda salohiyati buyicha dunyo ekoturizm industriyasida yuqori o'rinlarni egallasada, lekin amalda O'zbekistonda bu salohiyat va imkoniyatlardan to'la- to'kis foydalanish uchun chora va tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilgan emas.

Chet el sayyohlarini O'zbekistonga, umuman Markaziy Osiyo tabiatiga, noyob nabotot va hayvonot dunyosiga jalb etish maqsadida "EKOSAN" halqaro tashkiloti qoshida 2006 yil Xalqaro Ekoturizm Markazi tashkil etildi va u hozirgi kunda o'z faoliyatini boshlab yubordi.

"O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi oxirgi yillarda O'zbekiston hududlari bo'yicha ko'pgina ekologik turlar ishlab chiqdi hamda ekologik turizm bilan bevosita bog'liq bo'lgan tashkilotlarni tashkil etdi.

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi Davlat bionazorati "Tabiiy hududlarni muhofaza qilish" bo'limi Jayron "Ekomarkazi"ning 30 yillik faoliyatiga, jayron, Prejevalsk otlari, qulonlarni saqlash va ko'paytirish, ularning etalogiyasi, biologiyasi, fiziologiyasini o'rganish, hamda ekoturizmnirivojlantirish maqsadida "Jayron" Ekomarkaziga qo'shni, ochiq cho'l hududida joylashgan 27300 gektar maydonni tashkil etgan markaz tajriba uchastkasini milliy tabiiy bog'ga aylantirishga bag'ishlangan buklet-broshyura 3 tilda (o'zbek, rus, ingliz) chop etdi.

Hozirgi kunda, ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida ushbu bo'li hodimlari "Jayron" Ekomarkaziga qo'shni bo'lgan 27300 ga maydonni tashkil etgan hududda Markaziy Osiyoda kam uchraydigan noyob juft tuyoqli hayvonlarni (jayron, Buxoro qo'yi, Buxoro bug'isi, yovvoyi echki, burama shohli echki morhur, yovvoyi cho'chqa) kabi hayvonlarni saqlash va ko'paytirish va ularni himoya qilingan areal hududlariga (qo'riqxonalar, milliy bog'lar, muhofaza qilingan tabiiy hududlar) qaytarish, tabiiy milliy bog' tashkil qilish borasida ilmiy-iqtisodiy asoslangan loyiha tuzish ishlarini boshlab yubordilar.

Qo'mita tasarrufida "Sayhun" ho'jaligi Toshkent shahridan 100 km janubi -sharqda joylashgan bo'lib, 367 gektar maydonni tashkil etadi.

Mazkur maydon shimol, sharq va janub tomonidan 140 gektarni tashkil etgan ko'l bilan ishonchli tabiiy chegaraga ega. Ushbu hududda to'ng'iz, yovvoyi cho'chqa, chiya bo'ri, qushlardan qirg-ovul, yovvoyi o'rdak va boshqa suvda suzuvchi yovvoyi qushlar, baliqlar mavjud. U erda ularning yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi kunda mazkur ho'jalikda yovvoyi o'rdak va g'ozlar ko'paytirilmoqda, hamda ekoturist- lar uchun jahon andozalariga va talablariga javob bera oladigan mehmonxona ta'mirdan chiqarilmoqda.

Jadval ¹3

O'zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari ro'yxati
("O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan foydalanishning holati to'g'risida Milliy Ma'ruza", Toshkent, 2006 yil)

Yaqin kunlarda, "Sayhun" xo'jaligida Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida turgan juft tuyoqli hayvonlarni saqlash, ko'paytirish va ularni tabiatga qaytarish maqsadida parvarishxona qurib bitkazildi. Ushbu maskan mahalliy va chet el ekoturistlarini turizmning tabiatga sayohat va ekosafari turlarini o'tkazish uchun juda qulay joydir, chunki bu erda nafaqat yuqorida ko'rsatilgan hayvonlar, balki Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida turgan noyob Buxoro bug'isi, Buxoro qo'yi, Seversova qo'yi, Buxoro jayronlari, burama shohli marhur echkisi kabi boshqa turlardagi kamyob juft tuyoqli hayvonlarni yashash va ko'paytirish uchun yetarli ozuqaviy resurslar va himoya mavjud.

Surxondaryo viloyati noyob hayvonot va nabotot dunyosini tiklash va ko'paytirish hamda O'zbekiston va chet el ekologik turizm sayohatchilarini yovvoyi tabiat bilan tanishtirish, dam olish, ov va baliq ovlash, maskani yaratish maqsadida 2006 yil 9 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat bionazorati nozirligi qoshida Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani, Termiz shahridan 30 km shimoli-sharqida, jami 1034 gektar maydonni tashkil etgan Oq tepa suv omborining atrofida joylashgan "Oq tepa" tabiat bog'i tashkil etildi.

Ushbu maskan migrasiya qiluvchi qushlar, yovvoyi o'rdak va suzuvchi qushlarning vaqtincha dam olib, to'xtab o'tuvchi hamda ko'pgina qushlarning qishlab qolish makoniga aylangan hududdir.

Hozirgi kunda, "Oq tepa" tabiat bog'ida o'rmonzorlar, saksovulzorlar barpo etish, tabiiy to'qayzorlar hamda Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida turgan noyob o'simlik dunyosini tiklash va ko'paytish borasida ishlar boshlab yuborildi.

Jizzax shahridan 65 km shimoli-g'arbida joylashgan baliq turlariga boy Aydar-Arnasoy Ko'llar tizimida ekoturizmning tabiatga sayohat hamda baliq ovlash turlari o'tkazish uchun jahon talablariga javob bera oladigan mehmonxona qurib bitkazildi.

Bundan tashqari, Davlat bionazorati Aydar-Arnasoy ko'llar tizimida tezkor-reyd tekshirish ishlarini sifatini kuchaytirish hamda ekoturistlarni ko'l va uning atrofi tabiati, landshaftlari hayvonot va nabotot dunyosi bilan yaqinroq tanishtirish maqsadida "T- 65" markali, uzunligi 17 metr, quvvati 225 ot kuchiga teng bo'lgan kemani sotib olib, kapital ta'mirdan chiqardi. Joriy yilning 2 dekabrb oyida Aydar-Arnasoy ko'llar tizimiga yetkazib, ishga tushishga 100 % soz etib qo'yildi.

O'zbekistonga keluvchi ekoturistlarga servis xizmati ko'rsatilishi sohasiga hozirgi zamon texnologiyalarini jalb qilishga ham e'tibor berilmoqda. Ma'lumki, ekoturizm maskanlari, asosan, markazlashgan energiya ta'minoti tizimlaridan chetda, borish qiyin bo'lgan hududlarda joylashgan. Shuning uchun bu maskanlarni elektr energiyasi (yoritish, TV, radio, aloqa va h.k.) va issiq suv bilan ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan, xalqaro tashkilotlarni jalb kilgan holda, quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh kollektorlarini o'rnatish ishlari amalga oshirildi va oshirilmoqda.

2006 yilda bir qator qo'riqxonalarda, Surxondaryo viloyatidagi "Oqtepa" tabiat bog'iga, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi atrofida, Jizzax viloyatidagi "Zomin" "Turkiston tog' tizmasining fauna, florasini o'rganish monitoringi va o'quv Markazi"da, Buxoro viloyatidagi "Jayron" ekomarkazi parvarishxonasiga ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o'rnatildi.

Ta'kidlash joizki, oxirgi yillarda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar, chora tadbirlar, albatta yaqin yillarda O'zbekistonda ekoturizmning sezilarli ravishda rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Ekoturizm Vatanimizning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida, nafaqat horijiy sayyohlarni ona Vatanimizning landshafti, hayvonot va nabotot dunyosiga boy va betakror tabiati bilan tanishtirish, halklar o'rtasidagi do'stlik rishtalarini bog'lash, mamlakatlar va turli halqlarning bir-birini kengroq bilish, balki shu bilan birga O'zbekiston hududida qirilib ketish arafasida turgan noyob hayvonot va nabotot dunyosini saqlash va ko'paytirish maqsadida qo'riqxonalar (Surhon, Nurota, Hisor, Baday-To'qay, Zarafshon, Qizilqum, Chotqol, Zomin, Kitob), parvarishxonalar ("Jayron" Ekomarkazi, Sayhun ho'jaligi) tarkibida va atrofida jahon talablariga javob bera oladigan milliy tabiiy bog'larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm ob'ektlarining moddiy-texnika bazasini yaratish uchun qo'shimcha chet el investisiyalarini keltirishdan iboratdir.

Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi tarkibida "Ekoturizm" llmiy-amaliy Markazini yaqin kunlarda ochish rejalashtirilgan.

2.3 O'zbekistonda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ekoturizmning rivojlanishini ta'minlaydigan asosiy chora va tadbirlar

Ekoturizmning dunyoda tutgan o'rni, mavqei hamda O'zbekistondagi salohiyati va uning rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi omillarni, kamchiliklarni e'tiborga olgan holda, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi Vatanimizning muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ekoturizmninng rivojlanishini ta'minlay oladigan quyidagi asosiy chora va tadbirlar ishlab chiqdi:

  1. Respublikamizda ekoturizm sohasida xizmat qiluvchi jahon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarning yetarli emasligini hisobga olgan holda, yosh mutaxasislarni ekoturizm rivojlangan mamlakatlarga (AQSh, Yaponiya, Kanada, Fransiya, Germaniya) malakalarini oshirish uchun o'qishga, ishga yuborish lozim.
  2. Jahon andozalari va talablariga mos keladigan ilmiy va iqtisodiy asoslangan katta - kichik, qisqa va uzoq muddatga mo'ljallangan loyihalar va biznes rejalar ishlab chiqib amalga oshirish lozim. Ular ichidan istiqbolli, barcha sarf - harajatlarni qisqa vaqtda qoplay oladigan, ilmiy va iqtisodiy asoslangan loyihalar va biznes - rejalami amalga oshirishda davlatimiz tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish lozim.
  3. O'zbekistonda ekoturizmning jahon talablariga javob bera oladigan moddiy-texnik, axborot-tahliliy bazasini yaratish, xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish zarur.
  4. Vatanimiznining tarixiy yodgorliklari, go'zal va betakror tabiati, lanshafti, nabotot va hayvonot dunyosi haqida bukletlar, turistik atlas va xaritalar yordamida dunyo ekoturizm bozorida targ'ibot ishlarini amalga oshirish lozim.
  5. Jahonning turli tillarida O'zbekiston tabiati, landshafti, hayvonot va nabotot dunyosi, ekoturizmning salohiyati, va uning rivojlanish konsepsiyalari haqida internetda saytlar ochish lozim.
  6. O'z mavqeini ob'ektiv sabablarga ko'ra yuqotgan qo'riqxonalarni (Baday-Tuqay) milliy bog'larga aylantirish lozim. Himoya qilinadigan tabiiy hududlar tarkibida milliy tabiiy bog'lar yaratish kerak.
  7. "Jayron" Ekomarkaziga qo'shni bo'lgan hududda Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida turgan noyob hayvonlarni saqlash va ko'paytirish maqsadida tabiiy milliy bog' yaratish lozim.
  8. Tabiatni muhofaza kilish Davlat qo'mitasi tasarrufidagi "Sayhun" xo'jaligida Markaziy Osiyoda yashovchi noyob hayvonot va nabotot dunyosini saqlash va ko'paytirish Ilmiy-Tajriba Markazini tashkil etish lozim.
  9. O'zbekiston viloyatlari bo'yicha yangi ekoturistik dasturlar, yo'nalishlar, turistik xaritalar tuzish lozim.
  10. Ekoturizm maskanlarini elektr energiyasi (yoritish, TV, radio, aloqa va h.k.) va issiq suv bilan ta'minlash maqsadida
    ekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil energiya qurilmalari yordamidan foydalanishni keng yo'lga qo'yish lozim.
  11. Ekoturizm sohasi bilan bog'liq tashkilotlarga ko'proq huquqlar, imtiyozli soliqlar berish, chet el sayyohlariga viza olish ishlarini soddalashtirish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan « Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida » gi qonunga ekoturistlarga nisbatan huquqiy nazorat ishlarini engillashtirish bo'yicha ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish lozim.

Xotima

Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishni ommaviy tus olishi uchun faqatgina yuqorida ko'rsatilgan chora-tadbirlar yetarli emas, albatta. Buning uchun ekologik ta'lim, tarbiya, targ'ibot, tashkiliy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda bir yoqadan bosh chiqarib, yo'limizda uchragan barcha kamchiliklarni bartaraf etib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov rahbarligida, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Soliq Davlat qo'mitasi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o'rta maxsus o'quv yurti vazirligi, "O'zbekturizm" Milliy Kompaniyasi, "Ekosan" Halqaro tashkiloti qoshidagi "Ekotur" markazi va boshqa ekoturizmning rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan qo'mitalar, vazirliklar hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda umumiy ilmiy-iqtisodiy asoslangan O'zbekistonda ekoturizmning 2007- 2015 yillar davomida olib boriladigan bosqichma-bosqich rivojlanish strategiya dasturini ishlab chiqib, izchil hayotga tatbiq etish kerak.

Vatanimizda ekoturizmning taraqqiyot salohiyati nihoyatda katta va uni jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mayjud. Faqat bu salohiyat va imkoniyatlardan jahonda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda, oqilona foydalanish hamda ilmiy asosda xatolarsiz amalga oshirish lozim.

Hozirgi kunda, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi yuqorida zikr etilgan ekoturizmni rivojlantirish chora va tadbirlarini, O'zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasida ko'rsatilgan vazifalarni amaliyotda tadbiq etish ishlarini boshlab yubordi. Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tasarrufiga kiruvchi Sayxun xo'jaligida jahon talablariga javob bera oladigan ekoturistlar uchun mehmonxona kapital ta'mirdan chiqdi, hamda Markaziy Osiyoda qirilib ketish arafasida turgan kamyob hayvonlarni saqlash va ko'paytirish maqsadida parvarishxona qurib bitqazildi, Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi atrofida jahon andozalariga javob bera oladigan ekoturistlar uchun kichik mehmonxona qurib bitirildi. Surxondaryo viloyatida joylashgan "Oq tepa" bog'iga, Buxoro viloyatidagi — « Jayron » ekomarkaziga, Jizzax viloyatidagi — Aydar-Arnasoy ko'llar tizimiga, « Zomin » monitoring markaziga ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o'rnatildi. « Jayron » ekomarkazi, Hisor daavlat qo'riqxonasi, Sarmishsoy petroglif yodgorliklari haqida o'zbek, rus va ingliz tillarida bukletlar chop etildi.

O'zbekistonda ekoturizmning rivojlanishi, nafaqat ma'naviy ilm- fan, madaniyat, ma'rifat, tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni Ona tabiatimizga jalb etish, noyob o'simliklar va hayvonot dunyosini saqlash va ko'paytirish muammolarini hal qilishga, balki shu bilan birga iqtisodiy masalalarni - mahalliy halqning ijtimoiy sharoitini yaxshilash, ularni yangi ish joylari bilan ta'minlash, hamda Vatanimizning valyuta zahirasining boyishiga katta hissa qo'shadi.

Sizning diqqatingizga havola etilgan O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasida ko'rsatilgan omillar va chora va tadbirlar o'z vaqtida to'la - to'kis amalga oshirilsa, ishonamizki hech shubhasiz yaqin kelajakda O'zbekiston ham dunyoda ekoturizmi taraqqiy etgan mamlakatlar qatorida munosib o'rinni egallaydi.

Bu himmatli ishda kech qolmaslik, hamda sustkashlikka yul qo'ymaslik o'ta muhim masaladir.

Rambler's Top100

 

  Design by "Chinor ENK" , Copyright © 2006