«Ekologiya xabarnomasi» jurnaliga obuna davom etmoqda. Obuna nashrimiz: 910
Bosh sahifa Yangiliklar Jurnal Nashriyot Ko'rsatgichlar [ uz | eng | ru ]
Ko'rik tanlovlar Foto-galereya Bolalar sahifasi Qonunchilik hujjatlari Sayt xaritasi
Dolzarb maqola
Tabiat ijodkor nigohida
O'tmish
 
 

 

       

«Amudaryo deltasida kichik mahalliy suv havzalarini yaratish» loyihasi yoki Orol dengizi havzasi Dasturi - amalda

Amudaryoning quyi oqimidagi aholi uchun Orol dengizi qurib qolishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari delta resurslarining katta qismi yo'qolganligi, o'simliklar dunyosining qashshoqlanishi hamda baliqchilik, hayvonchilik va yaylov chorvachiligining zavolga uchrashida namoyon bo'ldi. Xo'jalik-ichimlik suv ta'minoti va yashash muhitining sifati sezilarli yomonlashdi, bu esa o'z navbatida kishilar salomatligi va turmush sifatining yomonlashuviga olib keldi. Bu omillarning barchasi aholining tasodifiy va oldindan ko'ra bilish murakkab bo'lgan, masalan, 2001-2002 yillardagi suv taqchilligi, zararkunanda hasharotlarning ko'payib ketishi, endemik kasalliklarning keskin ortib ketishi kabi voqealarga bog'liqligini yanada kuchaytiradi.

Ushbu muammoni hal qilish yollaridan biri Amudaryo deltasida sun'iy ravishda tanazzullashgan suv havzalarini yaratish hisobiga suvli-botqoqli hududlarni qayta tiklash va barqarorlashtirishdan iboratdir. 1994 yilda (Nukus sh.) Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan ma'qullangan Orol dengizi havzasi Dasturi (ODHD) o'z ichiga 7 ta dastur va 19 kichik dasturlarni kiritadi. Ularning orasida eng dolzarb dasturlardan biri - « Tadqiqotlar o'tkazish va mavjud muhandislik qarorlarni baholash, loyihalar yaratish hamda Amudaryo va Sirdaryo deltalarida va Orol dengizining qurigan tubida sun'iy ravishda suvga to'ldirilgan manzarali ekotizimlarni yaratish » dir.

Ushbu maqsadda 1998 yilda ijrochi organ bo'lmish - Xalqaro Orolni qutqarish Jamg'armasining GEF Agentligini yaratish to'g'risida qaror qabul qilindi va faoliyat yuritish uchun ustuvor yo'nalishlar belgilandi.

Tegishli muhandislik gidrotexnik inshootlar va kommunikatsiyalarni loyihalashtirish va barpo etish Amudaryo deltasida va butun Orolbo'yi hududidagi ekologik va ijtimoiy- iqtisodiy vaziyatni tiklashga qaratilgan tadbirlarning asosiy bo'g'iniga aylandi.

Boshlang'ich-sinov tadbir sifatida GEFning « Orol dengizi havzasida suv resurslari va atrof-muhitni boshqarish » Xalqaro loyihasi doirasida « Sudochye ko'lining suvli- botqoqli hududini tiklash » komponenti tanlab olindi. Loyihani moliyalashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish ishlari Toshkent shahridagi Jahon Bankining Vakolatxonasi orqali olib borilmoqda. Uning shartlariga ko'ra, gidrotexnik inshootlarni qurishdan tashqari, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy monitoring o'tkazish kerak edi.

Loyihani amalga oshirishni boshlash vaqtiga Sudochye ko'li umumiy maydoni 600 gektarga teng bo'lgan bir necha kichik suv havzalaridan iborat bo'lib, bu yerdagi o'simliklar va hayvonot olami o'ta qashshoqlashgan, ularning ko'pgina turlari esa umuman yoq bolib ketish xavfi ostida edi. Boshlangich-sinov loyihasi bo'yicha 1999-2002 yillarda o'tkazilgan tadbirlar ko'lning biosamaradorligini oshirishga, mahalliy atrof-muhit ahvolini yaxshilashga yordam berdi. Ilk go'zalligi va maydonlarini (40 000 ga) tiklab olgan ko'lni ko'hma qushlar qo'nib o'tadigan joy sifatida saqlab qolishga erishildi, ayni paytda mahalliy aholining chorvachilik, baliqchilik, tartibli ovchilik va shifobaxsh o'simliklar terish-sotishdan daromadlari ko'paydi.

Sudochyeda o'tkazilgan tadbirlarning yuqori samaradorligini hisobga olib, « Amudaryo deltasida va Orol dengizining qurigan tubida kichik mahalliy suv havzalarini yaratish » loyihasi bo'yicha ishlar boshlab yuborildi. Texnik topshiriq va loyihada birinchi navbatdagi deb e'tirof etilgan bir qator ob'ektlarni qurish va qayta qurish ko'zda tutilgan edi.

Birinchi navbatdagi ob'ektlarning barcha hujjatlari Ishchi loyiha bosqichida taqdim etigan edi.

Qurilishning keyingi bosqichlarida TIAda quyidagilar ko'zda tutilgan:

•  shimoliy dambani o'stirish va yon tomondagi mavjud suv o'tkazgichga parallel ravishda 57 metr belgisigacha yuviluvchan yer dambasini qurish orqali Mejdurechenskiy suv omborinining hajmini 200 mln. m 3 dan 450 mln. m 3 gacha oshirish;

•  Mejdurechenskiy suv omboridan Oqdaryoga ishlatish uchun sekundiga 360 m 3 miqdorida suv o'tkazish regulyatorini qurish.

Hozirgi vaqtda birinchi navbatdagi ob'ektlar boyicha (suv o'tkazish regulyatoridan tashqari) qurilish ishlari yakunlangan.

Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) ob'ektlari tarkibining ikkinchi navbatiga quyidagilar kirdi:

- Mashanko'l-Karajar, Maypost-Dumaloq ko'llar tizimi hamda Mejdurechye- Mo'ynoq-Ribachyening alohida ob'ektlari;

- Jiltirbas ko'rfazi va u bilan bog'liq istiqbolli loyihalash hududlari - Abbos va Akpetki suv havzalari.

Shartnoma talablariga muvofiq II navbatdagi TIA bo'yicha ishlarning birinchi bosqichi sifatida dastlabki tarkibdagi inshootlarning umumiy sxemasi taqdim etildi. Bu bilan bir qator kichik mahalliy suv havzalarining yaratilishi hamda ularning asosiy gidrotexnik va qurilish parametrlarini aniqlashga imkon beruvchi loyihaviy jarayonda ularning barqaror faoliyati ta'minlanadi.

Mazkur TIA Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Orol muammolari bo'yicha Muvofiqlashtiruv Kengashi tomonidan ko'rib chiqilishi natijasida aniqlashtirilgan va takomillashtirilgan II navbatdagi TIAdagi « lnshootlar tarkibining umumiy sxemasi » ga qator ob'ektlarni qayta qurish va yangidan qurish ishlari kiritilgan.

Yaratilayotgan muhandislik ekotizimning asosiy element! sifatida Mo'ynoq va Ribachye suv omborlari boshqaruvini tartibga soluvchi Mejdurechenskiy suv ombori e'tirof etilgan.

Tadbirlarning yana bir eng muhim elementi - bu Mejdurechye-Mo'ynoq-Ribachye tizimida baliq ko'paytirish uchun maqbul sharoitlarni ta'minlab berish maqsadida yon tomondagi suv o'tkazish regulyator ishining ishonarligini oshirishdir.

Rejalashtirilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yaqin 5-10 yil ichida mahalliy havzalarda barqaror suv sathini ta'minlab berishi lozim, suvning oqib turishi tufayli esa suvning minerallashuvini pasaytirish va undagi kislorod miqdorini oshirishga erishiladi.

Chuchuk suv oqib kelishi vaqtida shlyuz-regulyatorlardan samarali foydalanish natijasida pestitsidlar va boshqa yuqori darajada zararli va ifloslantiruvchi moddalarni yuvib tashlash va suvdagi miqdorini ancha kamaytirish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan kutilayotgan yana bir ijobiy natija shundan iboratki, ko'llar o't-o'simliklar bilan o' sib va t o' lib ketishini kamaytirish, suvni kislorod bilan boyitish va yoz vaqtida suv isib ketishi, qish davrida esa butunlay muzlab qolishining oldini olish uchun havzalarning 50 foizdan ortig'ining chuqurligi 1,5 metrdan ko'proq b o' ladi.

Buning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, suvli maydonlarning kopayishi evaziga madaniy yerlarni zararli tuz va chang bosishi hajmi kamayadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy monitoring natijalari aholi daromadlari kopayishida (namlangan y erlardan foydalanish va ulardan mahsulot olish: baliq, yovvoyi parrandalar, ondatra, qamish va h.k.) mahalliy suv havzalari biologik resurslari rolining ortishidan dalolat bermoqda.

Loyiha bo'yicha birinchi navbatdagi tadbirlar amalga oshirilganidan s o' ng k o' lning maydoni 150 ming gektarni tashkil etmoqda. Keyingi bosqichda ushbu k o' rsatkichni 230 ming gektargacha yetkazish ko'zda tutilgan bo'lib, shuning o'zi biologik xilma-xillikni tiklashga ishonchli asos yaratib, bu yerda baliqchilik, ovchilik va chorvachilikni rivojlantirish hamda qurilish ishlarida qatnashish hisobiga Orolbo'yi aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilashga umid bag'ishlaydi.

Xalqaro ekspertlar ta'kidlashlaricha, mazkur loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlari hududidagi Orol dengizi havzasi Dasturi doirasida ekologik vaziyatni tiklash va Orolbo'yi muammolarini hal qilish yo'lidagi eng samarali loyihalardan biri bo'ldi.
Ñ÷åò÷èê ïîñåùåíèé Counter.CO.KZ
Rambler's Top100

 

  Design by "Chinor ENK" , Copyright © 2006
Veb-sayt homiylari O'zbekiston Respublikasi va BMTTD “Mamlakat dasturini bajarish bo'yicha amaliy rejasida belgilangan atrof muhit va energiya yo'nalishi bo'yicha maxsus tadbirlarni tatbiq qilishni qo'llab-quvvatlash” qo'shma loyihasiga alohida minnatdorchilik bildiramiz.